Page 55 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 55

Shunday  qilib,  birinchi  qaytariqning  birinchi  delyankasiga

              6  variantni  joylashtirishimiz  kerak,  ikinchi  delyankaga  3  variantni,
              uchinchi delyankaga 5 variantni va hakazo.

                   Tartibsiz  takrorlanish  uslubi  (tuliq  rendamizatsiya).  Dala

              tajribasida  rendamizatsiyaning  zamonaviy  usullari  ichida  eng  soddasi
              tartibsiz, sharoitlarni tartibsiz holatda, variantlarni qaytariqlar bo‘yicha

              aralashtirilib  butunlay  tasodifiy  joylashtirish.  Masalan,  3  variantdan

              iborat  4  qaytariqli  tajriba  qo‘yilishi  rejalashtirilgan.  Ajratilgan  dala
              maydoni 12 delyankaga bo‘linadi (3x4=12) va tasodifiy sonlar jadvalga

              ko‘ra variantlarni qaytariqlar bo‘yicha har bir variant 4 tadan delyankaga

              joylashadigan holatda ajratiladi. (8-rasm)


                                            2        1        3        2
                                            1        3        2        1
                                            3        2        1        3


                               8-rasm. 3 variantni 4 ta qaytariqlarda to‘liq
                                    rendomizatsiya usulida joylashtirish


                   DALA TAJRIBASI QAYTARIQLARINI JOYLASHTIRISH


                   Dala  tajribalari  natijalari  ma‘lum  darajada  tajribaning  to‘g‘ri
              qo‘yilishi, tajriba  dalasida qaytariqlarning va qaytariqlarda variantlarni

              to‘g‘ri joylashtirilishiga bog‘liq. Qaytariq va variantlar tajriba dalasida
              ma‘lum qonuniyat asosida joylashtiriladi, ya’ni tajriba maydonidagi kam

              bo‘lsada unumdorlik bo‘yicha farq hamma variant va qaytariqlarga teng
              taqsimlanishi kerak.

                   Dala tajribasida qaytariqlar asosan 2 xil usulda joylashtiriladi.:
                   1. Yoppasiga (bir chekkadan);

                   2. Tarqoq xolda (sochma);
                   Tuproq  unumdorligi  bir  xil  bo‘lib,  eskitdan  sug‘oriladigan

              maydonlarda qaytariqlar bir chekkadan, ya’ni yoppasiga joylashtiriladi.

                   Dala tajribasida hamma qaytariqlarni bitta maydonga sig‘dirishning
              imkoni  bo‘lmasa  yoki  yangitdan  o‘zlashtirilgan,  maydonning  turli
              qismlarida  tuproq  unumdorligi  bir  xil  bo‘lgan  xollarda  qaytariqlar

              sochqin  holda  joylashtiriladi.  Hamma  qaytariqlarni  bitta  maydonga

                                                           55
   50   51   52   53   54   55   56   57   58   59   60