Page 52 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 52

I                   II                    III                      IV

                 St  1        2     St      1      2      st      1       2       St      1         2




                          5-rasm. Standart tajriba uchastkasini joylashtirish


                   Standart usulida har bir variant o‘ziga yaqin bo‘lgan kontrol variant

              bilan  taqqoslanadi.  Ya’ni,  yer  maydonining  tuproq  unumdorligini

              o‘zgarishi  hisobga  olgan  holda  funksiyalarning  oraliq  sonini  topgan
              holda  nazorat  variantining  hosildorligi  chiziqli  interpolyatsiya  usulida

              o‘zgarishlar ma’lum darajada xatolik darajasi minimumga yaqinlashadi.

                   Har bir o‘rganilayotgan variant oldida standart variantli joylashtirish
              bir qarashda navlar samaradorligi va agrotexnik tadbirlar to‘g‘risida eng

              aniq  baho  beradigandek  ko‘riladi.  Biroq,  standart  usulini  qo‘llash  va
              qiyosiy  baholash  amaliyoti  ularning  sezilarli  kamchiligi  mavjudligini

              ko‘rsatadi. Bunda:

                   - Birinchidan  har  doim  ham  yonmayon  joylashgan  delyankalar
              o‘rtasida korrelyatsion bog‘liqlik bo‘lavermaydi;

                   - Ikkinchidan, variantlar soni ko‘p bo‘lganda (10-12 donadar ortiq)

              tajribada o‘rganilayotgan variantlar bir-biridan uzoqroq joylashtiriladi va
              unda ularni taqqoslash qiyinlashadi;

                   - Uchinchidan, standart usul ko‘lamining kattaligidan ajralib turadi

              va  unda  yerdan  foydalanish  samaradorligi  yuqori  bo‘lmaydi,  ayniqsa
              varintlar soni ko‘p bo‘lgan sharoitda bu holat yaqqol nomoyon bo‘ladi.

                   Keltirilgan  kamchiliklar  dala  tajribalarida  variantlarni  standart

              usulda joylashtirishni keng tarqalishiga asosiy to‘siq bo‘ladi. Bitta yoki
              ikkita o‘rganilayotgan variantdan keyin standart variantni joylashtirish,

              sistematik  ravishda  standart  variant  bilan  vizual  taqqoslash  orqali

              nisbatan  istiqbolli  duragay  va  navlarni  ajratib  olish  imkoniyatiga  ega
              bo‘lamiz. Dala tajribalarida variantlarni joylashtirish bo‘yicha eng keng

              tarqalgan  usul  bu  –  variantlarni  sistematik,  ya’ni  tartibli  joylashtirish

              hisoblanadi.  Ayniqsa  bu  usul  agrotexnik  tajribalarda  keng  tarqalgan.
              Variantlarni sistematik usullarda joylashtirish deganda – tajriba bo‘yicha

              variantlarni  shunday  joylashtirishga  aytiladiki,  unda  variantlar

                                                           52
   47   48   49   50   51   52   53   54   55   56   57