Page 51 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 51

6. Tuproq namunalari qanday tartibda olinadi?

                   7. O‘simlik namunalari necha dona o‘simliklardan olinadi?


                   TAJRIBADA VARIANTLAR VA TAKRORLANISHLARNI

                                               JOYLASHTIRISH


                   Dala  tajribasida  variantlarni  joylashtirish.  Dala  tajribalari  olib
              borishda  variantlarni  to‘g‘ri  joylashtirish  muhim  tadbirlardan  biri

              hisoblanadi. Variantlarni joylashtirishda eng avvalo variantlar soni, har

              bir  variantning  maydoni  va  tajriba  uchun  ajratilgan  maydon  kattaligi
              hisobga olinadi. Dala tajribasi olib borishda asosan variantlarni uch xil

              joylashtirish usuli qo‘llaniladi. Bular:

                   - standart joylashtirish;
                   - sistematik joylashtirish (tartibli);

                   - rendamizatsion joylashtirish (tartibli).

                   Variantlarni  joylashtirishning  standart  usuli  tajribada  standart  va
              nazorat  variantlari  tez-tez,  odatda  1-2  yoki  3-4  variantdan  keyin

              takrorlanib  turish  xususiyati  bilan  ajralib  turadi.  Ya’ni,  tajribada
              o‘rganilayotgan  variantlar  soni  kam  bo‘lsa  tez-tez  har  1-2  variantdan

              keyin, variantlar soni ko‘p bo‘lsa uzoqroq 3-4 va 5-6 variantdan keyin

              standart variant  joylashtiriladi. (4-rasm)


                 1 st                 1 st                 1 st                1 st                 1 st



                                4-rasm. Variantlarni standart joylashtirish



                   Variantlarni standart joylashtirish ko‘proq seleksiya va urug‘chilik
              bilan  bog‘liq  tajribalarda  qo‘llaniladi.  Ayniqsa  Davlat  va  nazorat  nav

              sinash  uchastkalarida  bu  usul  keng  qo‘llaniladi.  Shuningdek  standart
              usulni agrotexnik dala tajribalarida ham qo‘llash mumkin.

                   Standart  usuli  dala  tadribalarda  tuproq  unumdorligi  muttasil

              o‘zgarib  turishi  va  bir  biriga  yaqin  joylashgan  delyankalar  o‘rtasida
              korrelyatsion bog‘lanish bo‘lish metodikasini asoslanadi (5-rasm).


                                                           51
   46   47   48   49   50   51   52   53   54   55   56