Page 54 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 54
Rendamizatsiya texnikasi. Rendamizatsiyaning nisbatan qulay usuli
quyidagilardan iborat.
Dastlab variantlar sonlar bilan raqamlanib yoki xarflar bilan
belgilab chiqiladi. Bu belgilar har xil kartochkalarga yoziladi. So‘ngra
kartochkalar yaxshilab aralashtirilib bittadan ochib chiqiladi. Variantlar
qaytariqlar bo‘yicha quraga ko‘ra chek ochishga asoslanib, tasodifiy
tarzda joylashtiriladi. Xar bir qaytariq uchun alohida rendamizatsiya
olib boriladi.
Bugungi kunda zamonaviy rendomizatsiya usullari, xususan
tasodifiy sonlar jadvallari ishlab chiqilgan. Raqamlar tasodifiy
joylashtirilganda, uning mohiyati 0,1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 dan iborat
sonlar hech qanday qonuniyatga asoslanmagan holda joylashtiriladi. Shu
bilan birga bu sonlardan har biri har bir sahifada tahminan bir hil
0,1marta ehtimo‘li bilan takrorlanadi. To‘rtta qaytariqdan iborat olti
variantli dala tajribasini qo‘yilishini rejalashtiramiz. Variantlarni 1, 2, 3,
4, 5, 6 sonlari bilan belgilab chiqamiz va jadvalga ko‘ra variantlarni
qaytariqlar bo‘icha joylashtirish tartibini belgilaymiz. Buning uchun
jadvalning xoxlagan sahifasidan tasodifiy sonlarni tavakall qalam bilan
belgilab hisobdagi boshlang‘ich joy va jadvalda mavjud bo‘lgan
variantlar tartib sonlarini chiqishiga ko‘ra davom ettiramiz, agar
variantlar to‘liq chiqmasa oxirgi sondan boshlab teskari yo‘nalishda
belgilanadi. Faraz qiling, biz jadvalning birinchi sahifasidagi 6 sonini
tanladik. Shu tartibda harakat qilib quydagi rendamizatsion tartibsiz
joylashtirilishini hosil qilamiz 6, 3, 5, 2, 1, 4. Oxirgi delyankadagi
variant nomeri (bizda 4) avtomatik tarzda yozib qo‘yiladi, qaytariladigan
va 6 sonidan yuqori sonlar o‘tkazilib yuboriladi.Ikkinchi, uchinchi va
to‘rtinchi qaytariqlar uchun ham variantlar shu tartibda tartibsiz
joylashtiriladi. Buning uchun har bir qaytariq uchun boshlang‘ich sonni
belgilab olish tavsiya etiladi.
Natijada variantlarni qaytariqlar bo‘yicha joylashtirish quydagi
ko‘rinishda aks etadi (7-rasm).
I qaytariq II qaytariq III qaytariq IV qaytariq
6, 3, 5, 2, 1, 4 2, 5, 4, 6, 1, 3 1, 2, 5, 3, 6, 4 3, 4, 2, 1, 6, 5
7-rasm. Variantlarni qaytariqlar bo‘yicha joylashtirish
54