Page 59 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 59
standart talablar va shart sharoitlar bo‘lishi lozim. Eksperimentlarni
bajarish uchun eng avvalo o‘rganilayotgan ob’ekt, ya’ni variantlar
bo‘yicha daladan keltirilgan o‘simlik yoki tuproq namunalari bo‘lishi
lozim. O‘rganilayotgan o‘simlik yoki tuproq namunalari har bir
variantning (uchyot) hisob maydonidan olinishi va tipikligi bilan ajralib
turishi lozim. Eksperiment uchun namunalar laboratoriya tahlillari uchun
yetarli miqdorda olinadi. Masalan: rivojlanishning dastlabki fazalarida
o‘simlik quruq massasining kamligini hisobga olgan holda namunalar
ko‘proq o‘simlikdan (10 - 15), keyingi fazalarda kamroq o‘simlikdan (2
- 3) olinadi. Olingan namunalar eksperimentlarga to‘g‘ri tayyorlanishi
lozim, bunda namunalarni to‘g‘ri saqlanishiga alohida e’tibor beriladi.
O‘simlik namunalari maxsus xonalarda, salqin joyda ilib qo‘yib
quritiladi.
Namunalarni qattiq qurib ketishi, o‘simlik barglarni sarg‘ayib,
qovjirab ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘simlik namunalari quritilganda
o‘simlikning barg va shonalari tabiy yashil rangini saqlashi maqsadga
muvofiqdir. Tuproq namunalari havoning nisbiy namligi normal bo‘lgan
quruq joylarda saqlanishi maqsadga muvofiq. Eksperiment natijalari
shuningdek laboratoriya xonalarining zarur laboratoriya jihozlari bilan
yetarli darajada jihozlanishiga bog‘liq.
11-rasm. Fotokolorimetr KFK-2
59