Page 64 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 64
O‘SIMLIKLARNING UMUMIY BARG SATHINI VA
BIOLOGIK MAHSULDORLIKNI ANIQLASH
Barg qishloq xo‘jalik ekinlarining muhim morfologik organlaridan
biri bo‘lib, o‘simlikda kechadigan barcha muhim fiziologik jarayonlar
bevosita, barg ishtirokida amalga oshadi.
Ma’lumki, faqat yashil o‘simlimliklar fotosintez jarayoni hisobiga
anorganik moddalardan organik birikmalar shakllantirish xususiyatiga
ega. Ya’ni yashil o‘simliklar bargida xlorofil donachalari ishtirokida 6
mo‘lekula karbonat angidrid gazi 6 mo‘lekula suv bilan birikib,
glyukoza va 6 mo‘lekula kislorod xosil qiladi.
6SO2+6H2O=C6H12O6+6O2
Shu tufayli o‘simliklarning umumiy barg sathini aniqlash muhim
ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.
O‘simliklarning barg sathini aniqlashning ko‘plab usullari mavjud
bo‘lib, bugungi kunda ulardan asosan 3 xil usuli keng qo‘llaniladi.
Bular:
- Visechka (doirachalar) metodi.
Doirachalar metodi: o‘simliklardagi har bir barg plastinkalarining
markaziy qismidan 103 tadan yuzasi ma’lum bo‘lgan doirachalar qirqilib
olinadi. Xo‘l xolatdagi doirchalarning og‘irligi torozida 0,01 %
aniqlikda tortiladi. Olingan doirachalar bargining qalinligi o‘rtacha
ko‘rsatkichga ega bo‘lishi kerak. Barglarni xo‘l xolidagi og‘irligi tortib
olinadi. Ko‘pincha o‘simliklarni o‘rtacha og‘irliklarini aniqlash uchun
olingan namunalardan foydalaniladi. Barg sathi quydagi formula bilan
aniqlanadi:
Bs=
Bu yerda : Bs – o‘simlikning barg sathi
– barglarning og‘irligi;
64