Page 69 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 69
Sug‘orish egatlarining uzunligini joyning qiyaligi va suvni o‘tkazish
qobilyatiga qarab 100 metrdan 250 metrgacha olish mumkin. Suvni tez
singdiradigan joylarda egatning hajmini kichikroq, suvni ozroq
sigdiradigan joylarda esa kattaroq olinadi. Bir necha ilmiy ishlar
natijalarining ko‘rsaticha, variantning maydondagi enining bo‘yigacha
bo‘lgan nisbati 1:10 - 1:15 bo‘lganda yaxshi natija berishligi
tasdiqlangan.
Maydon juda katta olinsa, suvni bir vaqtda bir hilda qo‘yish
imkoniyati cheklangan bo‘ladi. Ishlab chiqarish sharoitida qaytariqlar
kamligi sababli variantlarning maydoni 10 gektardan oshmasligi kerak.
Ushbu maqsadda olib boriladigan dala tajribalarida variantlar soni
qanday vazifa qo‘yilganligiga moslab va uning murakkabligi hisobga
olingan holda belgilanadi. Bir faktorli tajribalarda 5-6 ta, ko‘p faktorli
tajribalarda variantlar soni 10-12 tadan oshmasligi kerak. Qaytariqlar
soni va boshqa dala tajribalari singari 4 tadan kam bo‘lmasligi kerak.
Mexanizatsiya usulida ishlov berish va sug‘orish qonuniyatlariga
to‘g‘ri amal qilish uchun tajribada qaytariqlarni bir yarusli qilib
joylashtirilishi ma’qul. Sug‘oriladigan maydonning bo‘yi uzun bo‘lgan
taqdirda variantlarni ham bir yarusda joylashtirish yaxshi natija beradi,
ammo sug‘orish uchun o‘qariq qazish zarur, toki bu o‘qariq maydonni
bir tekisda namlashni ta’min qiladigan bo‘lsin. Shu bilan birga suvning
tejab-tergab sariflanishi tuproqning fizik hossalariga hamda yerning
qiyaligiga bog‘liq bo‘ladi.
Sug‘orish bilan o‘tkaziladigan tajribalarda shu kabi variantlar
bo‘ladiki, bu variantlar sug‘orish soni, sug‘orish muddati, sug‘orish
meyorining hajmi va boshqalar bilan farq qiladi. Mana shunday
farazlarda ekinning parvarish qilish sohasidagi hamma agrotexnika
tadbirlariga qattiq e’tibor berish va bu ishlarni sug‘orish bilan to‘g‘ri
bog‘lab olib borish kerak.
Har qaysi variantlarda o‘simlikning normal o‘sib rivojlanishi va shu
sharoitda erta pishar hosilni ko‘proq to‘plashi uchun tegishli muhit
yaratib berish zarur. Sug‘orishni qator oralariga ishlov berish va
qo‘shimcha oziqlantirish bilan bog‘lab olib borishga alohida e’tibor
berish lozim.
69