Page 71 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 71
Tajriba o‘tkaziladigan yerdagi ob - havo va tuproq sharoitlarini
bilgan xolda sug‘orishning asosiy sxemasi tanlab olinadi va bu esa
solishtiriladigan (nazorat) sxemasi hisoblanadi.
O‘rganish uchun olingan vazifaning qanday ekanligiga qarab suvni
taqsimlash muddatini turlicha qilib o‘zgartirish yoki sug‘orishning turli
tizimini solishtirib o‘rganish mumkin.
G‘o‘zaning o‘suv davri davomida suvga bo‘lgan talabini hisobga
olib, uchta davrga bo‘lib o‘rganiladi.
1. Gullashga qadar sug‘orish
2. Gullash - meva tugish davrida sug‘orish
3. Pishish davrida sug‘orish
G‘o‘za gullashga qadar ikki marta sug‘oriladigan bo‘lsa, bunday
xollarda shonalashdan ilgari 3-5 ta chinbarg chiqargan davrda yoki
shonalash boshlanganda bir martda sug‘oriladi.
Agar g‘o‘zaning gullashga qadar uch martda sug‘oriladigan bo‘lsa,
(engil tuproqli va shag‘alli tuproqlarda) bunday xolda birinchi suvni 2 -
3 ta barg chiqarganda, ikkinchi suvni 15 - 20 kundan keyin shonalash
boshlaganda, ikkinchi suvni esa gullashdan 10 -12 kun ilgari beriladi.
Sug‘orishning umumiy sonidan qa’tiy nazar, turli xil variantda
sug‘orishni bir muddatda o‘tkazish yaxshi natija beradi. Navbatdagi
suvni esa ma’lum davr moboynida berilib, iyul oxiri avgust boshiga
qadar oz - ozdan berilib turiladi. Bundan so‘ng tez - tez suv qo‘yiladi.
So‘ngi sug‘orish esa turli varantlarda bir vaqtning o‘zida o‘tkazilsa
yanada yaxshi hisoblanadi.
G‘o‘zalar yetilgan vaqtda bir martda sug‘oriladigan bo‘lsa, u suvni
g‘o‘za yalpi ochilganda (50% beriladi) 2 marta sug‘oriladigan bo‘lsa,
dastlabki birinchi suvni yetilishi boshlanganda, 2- suvni esa 1- terimdan
keyin beriladi. Paxta yetilgan vaqitdagi sug‘orishni 15-20 sentabrdan
kechiktirmay qo‘llash zarur. Janubiy tumanlarda esa oktabr oyining
boshlarida tugallanadi.
Ilgaridan belgilab qo‘yilgan muddatlarga ko‘ra ilmiy tizim (sxema)
bilan sug‘orish yuqori hosil olish imkoniyatini va bu usul ishlab
chiqarish sharoitida keng qo‘llaniladi.
71