Page 73 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 73
Dalaning nam sig‘imiga qarab tuproqni 70 - 80 foiz namligida
sug‘orish paytida ildiz yaqinidagi tuproq qatlamining namligi shu
darajaga qadar pasayganda sug‘oriladi. Tuproqning nam sig‘imiga
qarabgina belgilangan namlik mey’oridan 1 - 2% chetga chiqishga yo‘l
qo‘yiladi.
Tuproqning nam sig‘imi bilan sug‘orishgacha unda mavjud bo‘lgan
suv o‘rtasidagi tafovut sug‘orish me’yorini (normasini) tashkil etadi.
Tuproqning namligiga qarab sug‘orish muddatini belgilashda ildizlar
joylashgan tuproq qatlami hisobga olinadi. Yer osti suvlari chuqur
joylashgan yerlarda birinchi martda sug‘orish muddati yerning 0 - 50 sm
qatlamidagi namlikka qarab belgilanadi. Ikkinchi sug‘orishni esa
(shonalashda) tuproqning 0-70 sm qatlamidagi namligiga qarab
o‘tkaziladi.
Sizot suvlar chuqurligi 1,5 - 2 metrni tashkil etgan o‘tloqi tuproqlar
sharoitida gullashga qadar 0-50 sm qatlamdagi namligiga, gullay
boshlaganda esa 0-70 sm qatlamdagi namligiga qarab suv me’yori
belgilanadi.
Sizot suv sathi 1 metrgacha bo‘lgan o‘tloqi - botqoq tuproqlari
sharoitida butun o‘sish va rivojlanish davri davomida tuproq namligi
hisobga olish uchun uning 0 - 50 sm qatlami asos qilib olinadi.
Tuproq tarkibidagi namlik yetishmagan vaqitda sug‘orish normasini
xisobga olish uchun dastlab bir metr qatlamdagi suv jamg‘armasini
hisobga olib shu ma‘lumot asosida kerakli qatlamdagi namlik miqdori
hisoblab chiqiladi.
Tuproqlarni o‘z tarkibida suvni ushlab qolish qobilyati uning dala
nam sig‘imi, deb hisoblanib - bu ko‘rsatkich tuproqning tipiga, mexanik
tarkibiga va tarkibidagi chirindi miqdoriga hamda sizot suv chuqurligiga
ham bog‘liq. Sug‘orish me’yorini hisoblab chiqishda shu dala nam
sig‘imi, tuproqning sug‘orishdan oldingi namlik miqdori asosiy
ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi.
Dala nam sig‘imida 0 - 100 sm li qatlamdagi jamg‘armasi gektariga
3460 kub metrni tashkil etsa, shu qatlamdagi suv miqdori esa har
gektarga 2700 kub metrga teng bo‘lsa, u xolda dala nam sig‘imiga
nisbatan namlik miqdori 80% ga teng bo‘ladi.
73