Page 56 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 56
joylashtirishning imkoni bo‘lmaganda va qaytariqlar soni 4 tadan ko‘p
bo‘lganda birorta qaytariqni yonidagi maydonga joylashtirish mumkin.
Dala tajribasida olingan ma’lumotlarninig ishonchliligini ta’minlash
uchun imkoni bo‘lsa barcha qaytariqlarni bir yarusda joylashtirish
maqsadga muvofiq(9-rasm)/
I II III IV
A
I II
III IV
B
9-rasm. Tajribada qaytariqlarni joylashtirish
A-yoppasiga joylashtirish
V-tarqoq (sochma joylashtirish)
Agar barcha qaytariqlarni bir yarusda joylashtirishning imkoni
bo‘lmagan hollarda ular ikki yoki ko‘p yarusga joylashtiriladi. Bunday
hollarda har bir yarusning orasida qaytariqlarni ajratib turuvchi himoya
yo‘lakchalari qoldiriladi. Himoya yo‘lakchalari 0,5-1 metr kenglikda
bo‘ladi.
Shuningdek ishlab chiqarishga tavsiya etilgan tajriba natijalari,
ishlab chiqarish sharoitiga qaytariqsiz turli tuproq iqlim sharoitida sinab
ko‘rilishi mumkin.
Tajriba dalasida qaytariq va variantlarni joylashtirilishida
shuningdek dalaning kattaligi, sug‘orish shahobchalari kengligi, ariqlar
kengligi va boshqalar hisobga olinadi.
Tajriba dalasining katta yoki kichikligi va uning shakliga ko‘ra
takrorlanishlarni bir yarusli, ikki yarusli yoki ko‘p yarusli qilib
joylashtirish mumkin (10-rasm).
I II III IV
1
2 I II
III IV
56