Page 45 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 45

Agrokimyoviy xossalariga: tuproq tarkibidagi gumus, makro (azot,

              fosfor, kaliy) va mikro (kalsiy, magniy, bor, mis, temir) elementlarining
              bir xil bo‘lishi tushuniladi.

                   Agrokimyoviy  omillar  o‘rganilayotgan  dala  tajribalarida,  tuproq

              tarkibidagi  ozuqa  moddalar  miqdori  bir  xil  ta’minlangan  bo‘lishi
              maqsadga muvofiq. Bu holat qo‘llanilgan mineral o‘g‘itlarning iqtisodiy

              samaradorligi  va  o‘zlashtirish  koeffitsentini  aniq  ko‘rsatish  imkoniyati

              yaratiladi.
                   Agrofizikaviy  hossalariga-tuproqning  donadorligi,  qovushqoqligi,

              g‘ovakligi, suv va havo xossalarining bir xilligi tushuniladi.

                   Fizik-kimyoviy  xossalarning  bir  xilligi  deganda-tuproqning
              kislotalik darajasining, ya’ni uning bir xil bo‘lishi nazarda tutiladi.

                   Meliorativ  xossalarining  bir  xilligi-bu  sho‘rlanish  darajasining  bir

              xilligi     tushuniladi.        Meliorativ         xossalariga        ko‘ra       tuproqlar
              sho‘rlanmagan, kuchsiz sho‘rlangan, o‘rtacha  sho‘rlangan yoki kuchli

              sho‘rlangan bo‘lishi mumkin.

                   Tuproqning  biologik  xossalari-bu  tuproq  tarkibidagi  turli
              organizmlar         (chuvalchanglar,           qo‘ng‘izlar         va      boshqa)        va

              mikroorganizmlar (viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar) tushuniladi.
                   Shuningdek tajriba dalasining bir xilligini ta’minlash uchun tajriba

              maydoning    relefi,  ya’ni  qiyalik  darajasi  bir  xil  bo‘lishini  ta’minlash

              lozim.
                   Dala  tajribalarining  tipikligi  deganda-ya’ni  ma’lumot  mintaqa

              uchun  xos  bo‘lgan  o‘simlik  navini,  uning  agrotexnikasini  va  tuproq

              iqlim sharoitini o‘zgarishi tushuniladi. Maydonlarni va sharoit uchun
              mos bo‘lgan ekinlarni ta’minlashda ekologik muhit ham hisobga olinadi.

              Aks holda har qanday tajribadan olingan yangi natija ham o‘z qiymatini
              yo‘qotadi.  Madaniylashgan  yoki  yangidan  o‘zlashtirilgan  yerlarda

              tajribalar ayniqsa mineral o‘g‘itlar bilan bog‘liq bo‘lgan dala tajribalari

              o‘tkazilganda eskitdan sug‘oriladigan yerlarda nisbatan aniqlik darajasi
              past  bo‘ladi.  Shuning  uchun  imkoni  boricha  qadimdan  sug‘oriladigan,

              madaniylashgan  yerlarda  dala  tajribalari  o‘tkazilib,  olingan  natijalar

              asosida ilmiy xulosalar qilinishi maqsadga muvofiqdir.




                                                           45
   40   41   42   43   44   45   46   47   48   49   50