Page 42 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 42
yillik daraxtlar o‘sgan xollarda 6- 10metni tashkil etadi. Agar har bir
2
2
delyanka 100 m dan iborat bo‘lsa Shundan 50 m hisobli maydon, 50
m 2 himoya maydon tashkil etadi. Ya’ni, 4 qatorli variantlarda
delyankaning ikki yon tomonidagi egatlar himoya maydon,
delyankaning o‘rtasida joylashgan ikkita egat hisobli maydon
hisoblanadi. Tajribada takrorlanishlar tajriba maydoninning shakli, katta
kichikligi, variantlar soniga ko‘ra bir yarusli, ikki yarusli va ko‘p yarusli
holatda joylashtirilishi mumkin. Tajribalami tashkil etishda va tajriba
maydonlarini tanlashda shuningdek ekin turi, nav xususiyati,
o‘tmishdosh ekin, sug‘orish inshoatlari, transpart va boshqa omillar
hisobga olinishi maqsadga muvofiq.
Masalan ozuqabop em-xashak ekinlari bilan bog‘liq dala tajribalari
chorva fermalari yaqinida, sholichilik bilan bog‘liq tajribalar suv bilan
yaxshi ta’minlangan maydonlarda olib borilishi lozim. Paxtachilikka oid
dala tajribalari atrofiga kungaboqar va bir yillik dukkakli ekinlar ekilishi
yaramaydi.Chunki, bu ekinlar ko‘sak qurti va o‘rgamchakkana singari
zararli xashoratlami ko‘payishiga olib kelishi mumkin. Dala tajribalari
tashkil etishda navlar tozaligini saqlash, bunda turli nav uruglarini
joylashtirishda ma’lim bir belgilangan masofani hisoblash, bir xilligini
aniqlash, tajriba variantlari va qaytariqlami tog‘ri joylashtirish singari
tadbirlar tushuniladi. Tajribani tashkil etishda eng avvalo tajriba
maydonining yon atrofidan doyimiy o‘zgarmas ob’ekt tanlab olinadi.
Bunday ob’ekt sifatida biron bir stalba, ko‘p yillik daraxt, yirik harsang
tosh va shunga o‘xshash boshqa siljimas ob’ektlar bo‘lishi mumkin.
Agar bunday ob’ektlar bo‘lmagan hollarda o‘zgarmas ob’ekt sifatida
temir qoziq qoqib qo‘yiladi va har yili tajriba variantlari va
takrorlanishlar shu ob’ektga nisbatan joylashtiriladi.
Tajriba variantlari va takrorlanishlami joylashtirishdan avval eng
avvalo tajriba maydonining to‘rt tomonidan himoya maydon ajratiladi.
Dala tajribalarida himoya maydon kengligi 2, 4, 3, 6 metrdan kam
bo‘lmasligi lozim. Tajriba maydoni avtomobil yo‘llari boyida joylashsa,
yoki tajriba maydoni atrofida ko‘p yillik daraxtlar bo‘lsa himoya
maydon kengligi ma‘lum darajada orttiriladi. Bunda yo‘l yoqasidan
tushadigan chang va boshqa zararli ta’sirlar, ko‘p yillik daraxtlaming
42