Page 38 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 38
kuzatuvchi ilmiy tadqiqot olib borish bilan birga chet elda chiqadigan
yoki chet tilida chop etilgan kitoblardan foydalana olishi kerak.
Yuqoridagilami hisobga olib, bugungi kunda yosh mutaxassislami
tayyorlashda chet tilini o‘qitishga katta e’tibor berilmoqda. Ilmiy
hodisalami o‘zgarishlari, kelib chiqishi to‘g‘risidagi juda aniq
bo‘lmagan fikrni ishchi gipoteza deyiladi. Ishchi gipotezalar asosida ish
rejasi ishlab chiqiladi va olib boriladi. K.A.Timeryazev “Gipoteza bu
hodisalami tushuntirishdagi birinchi harakatdir. Hodisalami
tushuntiruvchi gipotezalar, fikrlar ko‘p bolishi mumkin, lekin haqiqat
bitta bo‘ladi”, degan edi.
Gipoteza, bu qalbaki bo‘lsa ham ma’lum darajada o‘z foydasini
beradi. Shuning uchun taniqli bioximik Sent-Beridi - “Hamma
ko‘rmagan narsani ko‘rganingda va hech kim o‘ylamagan narsani
o‘ylaganingda haqiqiy yangilik yaratishing mumkin”, degan edi.
Fanlarning rivojlanishi tarixida ko‘plab gipotezalar paydo bo‘lgan.
Shulardan asosga egalari va mazmunan boylari nazariya shakliga o‘tib,
tajribalar asosida ishlab chiqarishga tavsiya etilgan. Qolganlari tashlab
yuboriladi. Hozirgi kunda esa fanning rivojlanishi ancha jadallashdi.
I.V. Michurin fanning taraqqiyoti haqida: “Izdoshlarim mendan fan
sohasida ilgarilab, fikrlarimizga qarshi chiqish, hattoki mehnatlarimizni
kamsitishi va shu bilan birga fikrlarimizni, ishlarimizni davom ettirishi
kerak” Bu so‘zlari bilan I.V. Michurin kuzatuvchilami ilmiy ishlarning
oldingisini takrorlamaslikka yangi nazariya va gipotezalar ustida ish olib
borishga chorlaydi. Nazariya bilan gipoteza bir-biridan farq qilib ishchi
gipoteza ish darajasi ortishi bilan noto‘g‘ri deb topilishi mumkin.
Nazariya esa fan taraqqiyoti bilan yanada rivojlanib boradi.
Ilmiy loyiha va ishchi dastur tuzish. Ilmiy tadqiqotlar olib
borishda keyingi bosqich ilmiy loyiha tuzish hisoblanadi. Ilmiy ish davr
talabidan kelib chiqqan bo‘lib, sohada mavjud bo‘lgan muammo‘larni
echimini topish uchun qaratilgan bo‘ladi. Bunda, eng avvalo, tadqiqotchi
o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlami rejalashtirib, ilmiy ishni olib borish
tartibini loyihalashtiradi. Ma‘umki, har qanday ilmiy ishni sifatli
bajarilishi uchun ma‘lum darajada mablaglar talab etiladi. Ta’Iab
etiladigan mablag‘ning ko‘lami ilmiy ishning davomiyligiga, xajmiga,
38