Page 36 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 36

ILMIY TADQIQOTLARNI REJALASHTIRISH BOSQICHLARI

                                          VA UNI TASHKIL ETISH


                   Ilmiy  tadqiqot  bosqichlari.  Ilmiy  tadqiqotlar  ma’lum  bir  tartibda,

              ketmaket  holda  olib  boriladi.  Shunga  ko‘ra  tadqiqotlar  bir  necha
              bosqichlardan iborat bo‘lib, ular quyidagicha:

                   - ilmiy g‘oya asosida mavzuni to‘g‘ri tanlash;

                    - ilmiy loyixa tuzish;
                   - ilmiy dastur tuzish;

                   - dastur asosida tajribalar olib borish;

                   -  tajriba  natijalari  asosida  xulosa,  tavsiyalar  va  ilmiy  ishlanmalar
              ishlab chiqish;

                   - ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish.

                   Ilmiy tadqiqotlar olib borishda eng avvalo mavzuni to‘g‘ri tanlash
              maqsadga muvofiq. Ilmiy mavzu davr talablaridan kelib chiqqan holda,

              real  imkoniyatlarni  hisobga  olib  dolzarb  muammo‘lami  hal  q’ilishga

              qaratilgan  bo‘lishi  lozim.  Qishloq  xo‘jaligida  turgan  asosiy
              muommo‘lar:           oziq-ovqat        mahsulotlarini        ko‘paytirish,        ekololik

              muommo‘lar, import o‘mini bosuvchi, eksportbop, energiya va mablag‘
              tejovchi yangi zamonaviy texnologiyalar ishlab chiqish va boshqalar.

                   Masalan, respublikamizda asosiy ekin maydonlarini g‘o‘za va g‘alla

              ekinlari tashkil etadi. Shu tufayli g‘o‘za va g‘alla ekinlarining potensial
              hosildorligi  yuqori  bo‘lgan  nav  va  duragaylarini  yaratish,  mineral

              o‘g‘itlar samaradorligini oshirish, ekinlar hosildorligini dasturlash, suv

              tanqisligi  va  qurg‘oqchilik  sharoitlarida  ekinlami  parvarish  qilishning
              ilg‘or texnologiyalarini ishlab chiqish, shamo‘l va suv erroziyasini oldini

              olish  singari  mavzularda  ilmiy  tadqiqotlar  olib  borish  shular
              jumlasidandir.

                   Ilmiy mavzu tanlash. Har qanday yangi gipotezani yoki nazariyani

              qanchalik  to‘g‘riligi  va  qishloq  xo‘jalik  ishlab  chiqarishiga  keltirgan
              foydasini  aniqlash  uchun  asosan  dala  tajribalari  o‘tkaziladi  va  xulosa

              qilinadi.  Dala  tajribasini  to‘g‘ri  o‘tkazish  va  bajarish  uchun  ilmiy

              ishlami  to‘g‘ri  rejalashtirish  kerak.  Rejalashtirish  asosan  quyidagi
              bosqichlardan iborat boladi.


                                                           36
   31   32   33   34   35   36   37   38   39   40   41