Page 41 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 41
Tajriba sxemasida o‘rganilayotgan omillar bir- biridan sezilarli farq
qilishi maqsadga muvofiq. Agar o‘rganilayotgan omillar bir-biridan
sezilarli farq qilmasa variantlar o‘rtasida sezilarli farq kuzatilmaydi va
ularga baho berish qiyinlashadi. Shuningdek, har bir variant o‘rtasidagi
farqning bir xil bo‘lishini ta‘minlash kerak. Tajriba sxemasida
o‘rganilayotgan omillarga to‘g‘ri baho berishda mutloq nazorat
variantini bo‘lishi muhim o‘rin tutadi.
Mutloq nazorat varianti agrokimyo, sug‘orish va almashlab ekish
bilan bog‘liq tajribalarda variantlarga to‘ri baholashda katta ahamiyatga
ega. Ya’ni, bunday tadqiqotlarda o‘rganilayotgan omil bo‘lmagan
sharoitdagi variant mutloq nazorat hisoblanadi. Masalan, agrokimyoviy
tadqiqotlarda-mineral o‘g‘itlar qo‘llanilmagan, sug‘orish rejimi
o‘rganilganda sug‘orish olib borilmagan, almashlab ekish o‘rganilganda
monokultura va boshqalar.
Tajribani tashkil etish. Ilmiy tadqiqotlarni rejalashtirish va to‘g‘ri
olib borishda tajribani to‘g‘ri tashkil etish ham muhim ahamiyatga ega.
Tajribani tashkil etish deganda - dala tanlash, dalaning o‘lchamlarini
hisoblash, bir xilligini aniqlash, tajriba variantlarini va qaytariqlami
to‘g‘ri joylashtirish singari tadbirlar tushuniladi. Tajribani tashkil etishda
eng avvalo tajriba maydonining yon atrofidan doyimiy o‘zgarmas ob’ekt
tanlab olinadi. Bunday ob’ekt sifatida biron bir stalba, ko‘p yillik daraxt,
yirik harsang tosh va shunga o‘xshash boshqa siljimas ob’ektlar bo‘lishi
mumkin. Agar bunday ob’ektlar bo‘lmagan hollarda o‘zgarmas ob’ekt
sifatida temir qoziq qoqib qo‘yiladi va har yili tajriba variantlari va
takrorlanishlar shu ob’ektga nisbatan joylashtiriladi.
Tajriba variantlari va takrorlanishlami joylashtirishdan avval eng
avvalo tajriba maydonining tiurtala tomonidan himoya maydon
ajratiladi. Dala tajribalarida himoya maydon kengligi 2,4-3,6 metrdan
kam bo‘lmasligi lozim. Tajriba maydoni avtomobil yo‘llari bo‘yida
joylashsa, yoki tajriba maydoni atrofida ko‘p yillik daraxtlar bo‘lsa
himoya maydon kengligi ma’lum darajada orttiriladi. Bunda yo‘l
yoqasidan tushadigan chang va boshqa zararli ta’sirlar, ko‘p yillik
daraxtlaming soyasi hisobga olinadi. Shunga ko‘ra himoya maydon
kengligi avtomobil yo‘llari yoqalarida 5-6 metni, dala atrofida ko‘p
41