Page 30 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 30

eksperimentlar kuzatuvchiga muammoni  tezlik bilan hal qilishni emas,

              balki ma’lumot  to‘plashni taqoza qiladi. Buning uchun ishchi gipoteza
              asosida  ilmiy  asosda  rejalashtiriladigan  ilmiy  tekshirish  ishlaridan

              olingan  ma’lumotlar  asosida  gipoteza  tasdiqlanadi  yoki  noto‘g‘riligi

              asoslab beriladi.
                   Butun  fan  rivoji  tarixida  yangi  gipotezalar  yaratilib  eskisi  yoki

              asossizlari  tashlab  yuboriladi.  Shakllangan  gipotezalar  keyinchalik

              nazariyaga aylanadi va tajriba natijalari asosida to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi
              tasdiqlanadi.  Hamma kuzatishlar o‘rganilayotgan faktorning  o‘simlikka

              son  va  sifat  jihatdan  o‘zgarish  mazmunini  tushuntirib  bermaydi.

              Qishloq  xo‘jaligida  faqatgina  kuzatish  bilan  biron  bir  aniq  qonuniyat
              yoki xulosaga kelib bo‘lmaydi.

                    Ilmiy agrokimyoda oldiga qoyilgan muammo yoki biror omilning

              tasirini  o‘rganishda  aniq  xulosa  qilish  uchun  kuzatishdan  ko‘ra
              murakkabroq  bo‘lgan  tajribalar  olib  boriladi.  Ma‘lum    bir  faktomi

              qishloq  xo‘jalik  ekinlarining  hosiliga  ta’siri  o‘rganilib  ular  orasidagi

              borliq  yoki  qonuniyat  aniqlanadi.  Ushbu  bog‘liqlik  yoki  nisbat
              korreliyasiya deb ataladi. Masalan, azotli o‘g‘itlani meyori  bilan paxta

              hosili  o‘rtasidagi  bog‘liqlik  korreliyativ  bog‘liqlik             deb  ataladi.  Agar
              azotning me’yori ortib borishi bilan paxta hosildorligi ham ortib borsa,

              bu bog‘iiqlik to‘g‘ri korreliyativ bog‘liqlik deb, aksincha azot me’yori

              ortib  borishi  bilan  paxta  hosildorligi  kamaysa,  teskari  korreliyativ
              bog‘liqlik deb ataladi.

                    Faktor  o‘rtasidagi  korreliyativ  bog‘iiqlikni  o‘rganish  ta’siming

              mazmunini  va  mohiyatini  ochishga  yordam  beradi.  Kuzatuvchining
              sun’iy ravishda biron bir faktor yaratib uning o‘simliklarga ta’sirini aniq

              o‘rganish eksperiment yoki  tajriba deb ataladi.
                   Tajriba  -  kuzatishning  asosiy  usuli  bo‘lib,  o‘z  ichiga  hamma

              kuzatish  turlarini,  korreliyativ  bog‘liqlikni,  sharoitlami  o‘zgarishlarini

              aniq hisoblash va olingan ma’lumotlani ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.
              Tajribadan olingan ma'lumotlaming aniqlik darajasi juda ko‘p jihatdan

              kuzatuvchining  mahoratiga,  qat’iyatiga  bog‘liqdir.  Shuning  uchun

              Nyutondan  qanday  qilib  buyuk  ixtironi  yaratgnanini  so‘rashginida,  u




                                                           30
   25   26   27   28   29   30   31   32   33   34   35