Page 25 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 25

Ayrim  hollarda  tajriba  maqsadidan  kelib  chiqqan  holda,

              shuningdek,  gerbitsedlar  bilan  bog‘liq  tajribalarda  yon  himoya
              maydonining  kengligi  2-  3  metr  va  undan  ortiq  bo‘lishi  mumkin.

              Seleksiya  va  urug‘chilik  bilan  bog‘liq  dala  tajribalarida  yangi  nav  va

              duragaylar  bir  xil  agrotexnik  sharoitda  qiyosiy  o‘rganilganda
              delyankalaming birbiriga ta‘siri deyarli kuzatilmaydi va bunday hollarda

              delyankalar orasida katta olchamdagi himoya maydoni bo‘lishiga ehtiyoj
              sezilmaydi.  Bunday  tajribalarda  nav  va  duragaylarni  bir-  biridan  oson

              ajratish  uchun  delyankalar  orasida  20-40  sm  ochiq  himoya  maydoni
              bo‘lishi etarli hisoblanadi.

                    Tajriba  dalasida  tajriba  delyankalarini  to‘rt  tomondan  o‘rab

              turadigan  maydon  himoya  maydon  deb  ataladi.  Odatda  himoya
              maydonlari 5 metrdan kam bo‘lmagan uzunlikda bo‘ladi. Tajriba dalasi

              katta  yo‘l  trassasi  bo‘yida  joylashsa  yoki  dala  chegarasida  ko‘p  yillik

              daraxtlar o‘sayotgan bo‘lsa himoya maydon uzunligi ko‘proq, ya’ni 7-10
              metrdan iborat bo‘ladi.

                    Himoya  maydonini  ajratishda  eng  avvalo  qator  oralariga  ishlov
              beradigan  traktorning  ish  kengligi,  dala  chetidagi  daraxtlaming  soya

              solishi,  yo‘l  chetidan  keladigan  chang  va  boshqa  zararli  ta’sirlar,
              dalaning  yuqori  kismidagi  sug‘orish  va  pastki  kismidagi  tashlama

              o‘qariqlar  uchun  ajratiladigan  maydonlar  hisobga  olinadi.  Dala

              tajribalarida  chegaraviy  himoya  maydonlarini  joylashtirish  tartibi  1-
              rasmda keltirilgan.


                                                            a



                                                            A






                                                            a
                              1-rasm. Tajriba maydoning umumiy tuzilishi

                   a-himoya maydoni

                   A-asosiy maydon
                                                           25
   20   21   22   23   24   25   26   27   28   29   30