Page 21 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 21

Agar  azotli  o‘g‘itlar  meyorini  g‘o‘zaning  o‘sish  va  rivojlanishiga

              ta’siri o‘rganilayogan bo‘lsa, aniqlanishi kerak bo‘lgan omillar fenologik
              kuzatishlar  yordamida  o‘rganiladi.  Mukammal  ilmiy  ma’lumot  olish

              uchun  fenologik  kuzatuvlar  bilan  bir  qatorda  laboratoriya  tadqiqotlari

              ham  olib  borish  lozim.  Qo‘llanilgan  azotli  o‘g‘itlaming  tuproq  va
              o‘simliklardagi  ozuqa  elementlar  miqdoriga  qanchalik  ta’sir  etishini

              bilish  uchun  vegetatsiya  davrining  boshida  va  oxirida  yoki  tuproqqa

              o‘g‘it  solishdan  oldin  va  keyin  tuproq  va  o‘simlik  alohida  uslubiy
              ko‘rsatma bo‘yicha tahlil qilinadi. Olingan tahlillar natijasiga asoslanib

              azotli  o‘g‘itlaming  o‘simlik  tomonidan  o‘zlashtirilish  koeffitsienti

              aniqlanadi.
                    Dala tajribasining asosiy elementlari deganda - tajribani tashkil

              etadigan tarkibiy qismi, ya’ni variantlar, delyankalar, takrorlanishlar,

              himoya maydonlari, nav, duragay, o‘simlik namunalari, shunungdek,
              ilmiy  ishning  mazmunidan  kelib  chiqqan  holda  tajribada

              qo‘llanaladigan barcha zarur elementlar tushuniladi.

                   Shuningdek,  variantlar,  delyankalaming  soni,  ulaming  katta  yoki
              kichikligi,  shakli  va  ulaming  joylashtirish  usullari,  takrorlanishlar,

              ulaming  shakli  va  joylashtirish  tartibi,  himoya  maydonchalari,  hosil
              hisobini  olish  usullari  tushuniladi.  Tajriba  maydonida  biron  bir  omil

              (o‘g‘it,  suv,  gerbitsed)  o‘rganiladigan  bo‘lsa,  tadqiqotlar  ma’lum

              maydonga  ega  bo‘lgan  bo‘lakchada  olib  boriladi.  Bu  bo‘lakchalar
              variant deb ataladi.

                   Bitta variant joylashadigan maydon delyanka yoki bo‘lakcha deb

              ataladi.  Variant  yoki  bo‘lakcha  maydonining  katta  yoki  kichikligi,
              variantlar  soni  tajriba  mazmuni,  turi,  oldiga  qo‘yilgan  vazifalar  va

              maqsadiga  bog‘liq.  Hamma  tajribalarda  solishtirilayotgan  nazorat
              (kontrol)  variant  bo‘lib,  boshqa  variantlar  shu  variantdan  olingan

              ma’lumotlarga  solishtiriladi  va  xulosalar  chiqariladi.  Tajribada

              o‘rganilayotgan  omillar  bo‘yicha  tuzilgan  variantlar  (bo‘lakchalar)
              yig‘indisini  ma‘lum  bir  tartibda  aks  ettirilishi  tajriba  sxemasi  -  deb

              ataladi. Tajribani olib borish tartibi tajriba sxemasiga bog‘liq.

                   Tajriba  sxemasi  qanchalik  mukammal  tuzilsa,  tajribada  olingan
              ma’lumotlaming ishonchlilik darajasi, tajribaning dolzarbligi shunchalik


                                                           21
   16   17   18   19   20   21   22   23   24   25   26