Page 22 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 22
yuqori bo‘ladi. Tajribaning aniqlik darajasi ko‘p jihatdan
o‘rganilayotgan variantlar soniga bog‘liq. Variantlar soni qanday
mavzudaligidan qat’iy nazar 10-12 donadan oshmasligi maqsadga
muvofiq.
Variantlar soni qanchalik ortib borsa, qonuniyat asosida tajriba
maydonining tipiklik darajasi buzila boshlaydi va kamayadi. Shuning
uchun oliy bilimgoh talabalari tajriba sxemasidagi variantlar soni 5-6
tadan oshmasligi kerak. Variantlar sonining ortishi bilan tajriba
o‘tkaziladigan maydon kattaligi va takrorlanishlar dala tajribasi
maydoninini belgilab beradigan muhim omil hisoblanadi.
Odatda variant maydoni oshishi bilan bir qatorda tajribaning aniqlik
darajasi ham ortadi. Biroq, maydon ma’lum miqdordagi chegaradan
oshganda tajriba aniqligi pasayib ketadi. Buning sababi shundaki, har
qaysi variant maydoni kattalashgani sababli, tajriba maydoni kattalashib
bir xilligi kamayadi va chegara doirasidan chiqib ketadi. Bunday vaqtda
variantdagi tadbirlaming hammasini o‘z ichiga oladigan va hamma
xildagi bir xil bo‘lgan yer doirasida o‘tkazishga imkon beradigan
kattalikda bo‘lishi kerak.
Demak, tajriba maydonini belgilashda tajriba uchastkasidagi
tuproqning turli xil bo‘lish darajasi va xususiyatlarini hisobga olish
maqsadga muvofiq. Shu bilan birga tajriba o‘tkaziladigan maydonning
o‘lchami tajribaning maqsadi va o‘rganilayotgan vazifalariga bog‘liq
bo‘lib, uning chegaralari tajribadagi agrotexnik tadbirlarga qarab
belgilab chiqiladi. Dala tajribasi uchun maydon tanlanayotganda
dalaning uzunligi, kengligi va qiyalik darajasiga ham alohida e’tibor
beriladi.
Delyanka maydonining shakli deganda uning enining bo‘yiga
nisbati tushuniladi. Sug‘oriladigan sharoitda paykalning eng qulay
shakli tomonlari taxminan 1/10 nisbatda yoki 1/15 nisbatda bo‘lgan
uzunchoq, to‘g‘ri burchak shakldagi to‘rtburchak bo‘lib, u odatda uzun
tomoni bilan nishablik bo‘ylab joylashgani maqsadga muvofiq.
Variantning bunday joylashtirish sababi ko‘pchilik hollarda tuproq
unumdorligi maydonning nishabligi bo‘ylab o‘zgaradi. Variantning eni –
urug‘ ekadigan seyalkalaming asosiy ish kengligiga muvofiq bo‘lishi
kerak. Qator oralari 60 va 90 sm bo‘lganda 4 yoki 8 qatorli
22