Page 17 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 17

R.R.Shredr  nomidagi  O‘zbekiston  bog‘dorchilik  va  uzumchilik

              ishlab  chiqarish  birlashmasi  1930  yilda  tashkil  etilgan.  Bu  davrgacha
              institut  o‘rnida  Turkiston,  keyinchalik  O‘zbekiston  qishloq  xo‘jaligi

              stansiyasi ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan.

                   Chorvachilik  bo‘yicha  birinchi  ilmiy  tadqiqot  ishlarini  1921  yilda
              O‘ODU  ning  chorvachilik  kafedrasi  olib  borgan.  1926  yilda

              Kattaqurg‘on  qorako‘lchilik  stansiyasi,  1928  yilda  Buxoro  qorako‘l

              qo‘ylari  naslchilik  stansiyasi  tashkil  etilgan.  1933  yilda  O‘zbekiston
              chorvachilik  tajriba  stansiyasi  tashkil  etildi.  1932  yilda  O‘rta  osiyo

              yilqichilik stansiyasi, keyinchalik Qoraqalpog‘iston chorvachilik tajriba

              stansiyalari  tashkil  etildi.  Bu  uchta  tashkilot  asosida  1940  yilda
              Chorvachilik          ilmiy        tekshirish         instituti      tashkil        etilgan.

                Toshkent  ipakchilik  statsiyasi  1925  yilda  tashkil  etilgan.  Bu  stansiya

              1927 yilda Ipakchilik institutiga aylantirilgan.
                   O‘rta  Osiyo  o‘rmonchilik  stansiyasi  1933  yilda  tashkil  etildi.  Bu

              stansiya  1940  yilda  O‘zbekiston  o‘rmon  xo‘jaligi  ilmiy  tekshirish

              institutiga aylantirildi.
                   Ilmiy tekshirish muassasalarining turlari

                   Ilmiy tadqiqot muassasalari tuzilishi bo‘yicha uch bo‘g‘indan iborat.
                   1. Bosh va soha institutlari (Tuproqshunoslik va agrokimyo).

                   2. Viloyat stansiyalari.

                   3. Tuman stansiyalari va laboratoriyalari.
                   Maxsus ilmiy tadqiqot muassaslaridan tashqari ilmiy tadqiqot ishlari

              bilan  qishloq  xo‘jaligi  oliy  o‘quv  yurtlarining  tegishli  kafedralari  ham

              shug‘ullanadi.  Ilmiy  tadqiqot  ishlari  ularning  ilmiy  laboratoriyalari,
              tajriba dalalari va o‘quv- tajriba  xo‘jaliklarida olib boriladi.



                                                 Nazorat savollari
                   1. Qishloq  xo‘jalik  ekinlari  etishtirishning  zamonaviy,  energiya

              tejovchi  va  mahsulot  sifatini  yaxshilashda  qanday  texnologiyalardan
              foydalaniladi?

                   2. Agrokimyoda  ilmiy  tadqiqot  ishlari  faning  vazifalariga  nimalar

              kiradi?
                   3. Fanning boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqligi nimada?


                                                           17
   12   13   14   15   16   17   18   19   20   21   22