Page 19 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 19

ILMIY TADQIQOTLARNI REJALASHTIRISH VA OLIB

                     BORISH. UMUMIY QOIDALAR. ILMIY TADQIQOOT
                                                 ELEMENTLARI



                   Qishloq  xo‘jaligining  o‘ziga  hos  xususiyati  bu  sohada  qishloq
              xo‘jalik ekinlarini etishtirish ochiq  dalada olib boriladi.  Bunda ekinlar

              hosildorligi  ko‘plab  ob’ektiv  va  sub’ektiv  omillarga  bog‘liq.  Har  bir

              omil o‘simlikning o‘sish va rivojlanish jarayonini o‘rganish va uni ilmiy
              asoslash mutaxassislardan katta bilim va tajribani talab etadi.

                   Qishloq  xo‘jaligida  har  bir  yangi  g‘oya  yoki  ratsionalizatorlik

              takliflari  ishlab  chiqarishga  keng  joriy  etilishdan  oldin  bir  necha  yil
              davomida  dala  tajribalarida  o‘rganilishi  maqsadga  muvofiq.  Tajriba

              uslubiy  jihatdan  to‘g‘ri  olib  borilishi  va  ma‘umotlar  ishonchliligiga

              alohida e’tibor berilishi lozim. Dala tajribalari o‘zining oldiga qo‘ygan
              muammo va vazifalariga qarab xalq xo‘jaligidagi ahamiyati baholanadi.

              Shuning  uchun  dala  tajribalarida  o‘rganilayotgan  g‘oya  tushunarli  va

              aniq  bo‘lishi,  mavzu  to‘g‘ri  tanlanishi  va  o‘rganilayotgarn  omilning
              ta‘siri to‘g‘ri baholanishiga alohida e’tibor qaratiladi. Bunda tabiiy iqlim

              va iqtisodiy sharoitlar hisobga olinadi.
                   Ilmiy tadqiqot olib borish uchun eng avvalo tadqiqot olib borishning

              tarkibiy asoslari, ya’ni tadqiqot elementlarini bilib olish lozim. Shuning

              uchun ilmiy izlanish asoslari  fanida tadqiqot elementlarini  o‘rganishga
              alohida  e’tibor  beriladi.  Ilmiy  tadqiqot  olib  borishdan  maqsad  turli

              usullami  qiyosiy  o‘rganish  va  ulami  miqdor  hamda  sifat  jihatdan

              baholash.
                   Ilmiy tadqiqot olib borish uchun eng avvalo tadqiqot olib borishning

              tarkibiy asoslari, ya’ni tadqiqot elementlarini bilib olish lozim. Tadqiqot

              elementlariga  variant,  nazorat,  standart,  qaytariq,  delyanka,  hisob
              maydoni, himoya maydoni singarilar kiradi. Ilmiy tadqiqot olib borish

              asoslari  fanining  maqsadi  tajribada  turli  usullami  qiyosiy  o‘rganish,
              tajriba natijalami miqdor va sifat jihatdan baholash hisoblanadi.

                   Tajribada  o‘rganilayotgan  usullar  -  variantlar  deb  ataladi.  Ilmiy

              tadqiqotda  bir  qancha  variatlar  bo‘ladi.  0’rganilayotgan  tadqiqot




                                                           19
   14   15   16   17   18   19   20   21   22   23   24