Page 23 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 23
variantlaming ish kengligi 2.4 va 3.6 metrdan 4.8-7.2 metrgacha bo‘ladi.
Tajriba variantlaridagi qatorlar soni ekish apparatining ekish qatorlariga
mos holatda, ya’ni 4, 8, 12 va 16 qator bo‘lishi kerak. Maydonning
uzunligi sug‘orish egatining uzunligiga mos kelishi lozim. Variantlar
o‘rtasiga o‘q ariqlar ochilishiga ruxsat etilmaydi.
Agar takrorlanishlar yaruslar bo‘yicha joylashtirilsa o‘q ariqlar
yaruslar orasida o‘tkazilishi mumkin. Tajribadan olinadigan
ma'lumotlarning aniqliq darajasini oshirishda variantlaming katta
kichikligi, shakli va yo‘nalishidan tashqari variantlani takrorlanishi va
takrorlanishlar ham muhimdir.
Dala tajribasining aniqlik darajasini oshirish maqsadida har bir
variantda bajariladigan ishlar maydonning katta va kichikligiga qarab bir
necha marta takrorlanadi. Variantlami dala tajribasida takrorlanishi -
takrorlanishlar yoki qaytariqlar deb ataladi.
Tuproq unumdorligining xilma-xilligi o‘simliklaming individual
farq qilishi, shikastlanishi, kasalliklardan zararlanishi bilan bog‘liq holda
dala tajribasi bilan bir qatorda tasodifiy xatoliklar bo‘lishi mumkin.
Tasodifiy xatoliklar nazariyasiga muvofiq takroriy tajribalar sonining
kamayishi bilan xatoliklar aniqlanib, ulami yo‘qotish imkoniyati
yaratiladi.
Shuning uchun tajribaning takroriyligi dala tajribasining aniqligini
oshirishda zaruriy usul hisoblanadi. Bu esa tajriba sxemasining har qaysi
variantida tajriba maydonining har xilligini bilib olish imkonini beradi.
Qaytariqlar ma‘lumotlar aniqliqligini oshirishdan tashqari, tasodifiy
xatoliklarni miqdoriy jihatdan aniqlash imkonini beradi. Tajribaning
maqsadiga tuproqlaming xilma-xilligi variant maydonining katta-
kichikligi va tajribaning davomiyligiga qarab qaytariqlarning zaruriy
soni aniqlanadi.
Odatda qadimdan sug‘oriladigan sharoitda doimiy (statsionar)
maydonlarda o‘tkaziladigan agrotexnikaviy tajribalami kamida 4-marta
takrorlash, unumdorligi va relefi jihatdan har xil bo‘lgan yangitdan
o‘zlashtirilgan maydonlarda esa 5-6 marta takrorlanishi maqsadga
muvofiq. Amaliyotda 6-8 tali takrorlanishlar odatda rnayda delyankali
2
tajribalarda (delyanka maydoni 2-10 m bo‘lganda) va tajriba dalasi
etarlicha bir xil bo‘lmagan sharoitlarda qo‘llaniladi. Faqat ayrim
23