Page 27 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 27
Shuning uchun tajribalar qiyaliklarda joylashtirilganda delyankalani
uzunasiga joylashtirilishi lozim, ko‘ndalangiga joylashtirish yaramaydi.
Tajribalar tuproq unumdorligi bo‘yicha bir xil bo‘lgan tekis
maydonlarda olib borilganda delyankalaming yo‘nalishi tajribaning
ishonchliligiga sezilarli ta’sir etmaydi. Delyankalaming yo‘nalishini
belgilashda dalaning rel’efi, tuzilishi, shakli va boshqa omillar hisobga
olinadi. Shuningdek, delyankalar yo‘nalishini belgilashda ekin turi, nav
xususiyati, quyoshning chiqishi va botishi hisobga olinishi maqsadga
muvofiq.
Tajriba dalasida delyankalaming to‘g‘ri yo‘naltirish sug‘orishni
to‘g‘ri tashkil etish, namlik va suvdan samarali foydalanish, tuproq
yeroziyasining oldini olish, yorug‘lik va quyosh energiyasidan samarali
foydalanish imkonini beradi. Delyankalaming shakli deganda, eng
avvalo, delyankaning uzunligini eniga nisbati tushuniladi.
Delyankalar odatda kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak va cho‘zinchoq
shakllarida bo‘ladi. Delyankalaming barcha tomonlari bir xil bo‘lganda
kvadrat shakldagi delyankalar deb ataladi (10 x 10 yoki 5 x 5).
Delyanka uzunligini eniga nisbati 1 dan katta, biroq 10 dan kichik
bo‘lganda to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi (5 x 20 yoki 4 x 20) tomonlar
nisbati 10 dan yuqori bo‘lganda (2.5x40 yoki 4x60) cho‘zinchoq
shakldagi delyankalar deb ataladi.
Ma’lumki, eni nisbatan qisqa va uzunasiga cho‘zilgan delyankalar
har xil unumdorliklami o‘z ichiga qamrab oladi va tajriba variantlarini
to‘g‘ri taqqoslash imkonini beradi.
Tajribada tomonlar nisbati 1: 10-1 : 15 tajribaning samaradorligi va
ishonchliligi yuqori bo‘ladi. Bu nisbatning yanada ortishi etarli ijobiy
samara bermaydi, faqat ayrim hollarda tajriba olib borishda qulayliklar
keltirishi mumkin, masalan, nav sinash paykallarida. Cho‘zinchoq
shakldagi delyankalar maydoni katta bo‘lganda va qiyalik maydonlarda,
tuproq unumdorligi sezilarli farqlar kuzatilgan hollarda yaxshi samara
beradi. Uzun delyankalaning to‘g‘ri to‘rtburchak va kvadrat shaklidagi
delyankalarga nisbatan asosiy kamchiligi ulaming perimetrining kattaligi
hisoblanadi. Bunday delyankalar bilan dala tajribalari olib borish uchun
katta olchamdagi dala maydonlari talab etiladi.
27

