Page 10 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 10
O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki ekinlarni yetishtirish
texnologiyalarining darajasi ma’lum miqdorda qishloq xo‘jalik
mahsuloti ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy imkoniyatlari va texnik
ta’minlanganligiga bog‘liqdir.
Agrokimyoda ilmiy tadqiqot ishlari faning vazifalariga:
- ilmiy ish mavzusini davr talabi asosida to‘g‘ri tanlab, bunda
asosiy e’tiborni energiya va mablag‘ tejovchi texnologiyalarga qaratish;
- qishloq xo‘jaligida olib borladigan ilmiy tadqiqotlarni uslubiy
jihatdan to‘g‘ri bajarilishini ta‘minlash;
- ilmiy tadqiqotlarni to‘g‘ri qo‘yilishini, bunda variantlarni
qaytariqlar va yaruslar bo‘yicha uslubiy jihatdan to‘g‘ri joylashtirish;
- tajribada hisob ishlari va fenologik kuzatuvlarni to‘g‘ri va aniq
bajarish;
- ilmiy tadqiqotlarda boshqa fanlarning yutuqlari va asosiy
qonunlaridan to‘g‘ri foydalanish va ular asosida ish yuritish;
- hosildorlikni to‘g‘ri dispersion tahlil qilish;
- laboratoriya tahlillarini uslubiy jihatdan aniq va to‘g‘ri bajarish;
- laboratoriya va dala daftarini to‘g‘ri yuritish;
- ish daftari, uslubiy loyiha va hisobotlarni to‘g‘ri bajarish;
- mustaqil fikr yuritiladigan yuqori tafakkurli yosh mutaxassislar
tayyorlash;
Fanning boshqa fanlar bilan uviy bog‘liqligi.
Hech qaysi fan alohida xolda rivojlana olmaydi. Har qaysi fanning
rivojlanishida boshqa fanlar qonuniyatlaridan ma’lum darajada
foydalaniladi. “Agrokimyoda – ilmiy tadqiqot ishlari” fani- matematika,
informatika singari aniq fanlar, biologiya, fizika, kimyo singari tabiy
fanlar va dehqonchilik, paxtachilik, o‘simlikshunoslik, tuproqshunoslik,
seleksiya, agrokimyo, melioratsiya, kartografiya singari maxsus fanlar
bilan o‘zaro aloqada rivojlanadi va mazkur fanlarning qonuniyatlaridan
foydalanadi. Masalan ekinlar hosildorligini hisoblashda va dispersion
statistik tahlil qilishda matematik amalllardan foydalanilsa, tuproqning
g‘ovakligi, zichligi, xajm og‘irligi va suv xossalarini va boshqa agrofizik
xususiyatlarini o‘rganishda fizik va dehqonchilik qonuniyatlaridan,
10