Page 108 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 108
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
Darsning maqsadi: AQSH – yangi liderning paydo bo‘lishini tushuntirib berish.
Darsda shakllantiriladigan tayanch bilimlar: AQSH – yangi liderning paydo
bo‘li shi ni tushuntirib berish; aniq dalillar va ko‘rgazmali vosita lar yordamida AQSH
METODIK QO‘LLANMA METODIK QO‘LLANMA METODIK QO‘LLANMA maʼlumotlardan foydalana oladi;
taraqqiyoti da hal qiluvchi rol o‘ynagan omillarni ko‘rsatib berish.
Darsdan kutiladigan natijalar:
• o‘quvchi AQSH, lider, yangi lider kabi atamalarning mohiyatini tushunib oladi;
• AQSH – yangi liderning paydo bo‘lishi haqidagi tarixiy faktlarni bilib oladi;
• topshiriqlarni bajarish jarayonida AQSH – yangi liderning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq
• AQSH – yangi liderning paydo bo‘lish sabablarini tahlil qiladi;
• AQSH – yangi liderning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq muhim ko‘rsatkichlarni umum-
lash tiradi;
• AQSH – yangi liderning paydo bo‘lishi haqida fikrga o‘zining mustaqil munosaba tini
bildiradi.
Darsning borishi:
I. Faollashtiruvchi bosqich.
1-topshiriq. O‘zlashtirilgan bilimlarni takrorlash. O‘qituvchi o‘quvchilarning avval
o‘rgangan bilimlarini mustahkamlash va eslab olish uchun “Davra suhbati” metodidan
foydalanadi.
“Davra suhbati” metodi – aylana stol atrofida berilgan muammo yoki savollar
yuzasidan taʼlim oluvchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishi orqali olib boriladigan
o‘qitish metodi.
“Davra suhbati” metodi qo‘llanganda stol-stullarni doira shaklida joylashtirish kerak.
Bu har bir taʼlim oluvchining bir-biri bilan “ko‘z aloqasi”ni o‘rnatib turishiga yordam
beradi. Davra suhbatining og‘zaki va yozma shakllari mavjud. Og‘zaki davra suhbatida
taʼlim beruvchi mavzuni boshlab beradi va taʼlim oluvchilardan biron-bir, masalan,
“Ikkinchi jahon urushigacha bo‘lgan davrda AQSHning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti” mavzusi
bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishni so‘raydi. Aylana bo‘ylab o‘tirgan har bir taʼlim
oluvchi o‘z fikr-mulohazalarini og‘zaki bayon etadi. So‘zlayotgan taʼlim oluvchini barcha
diqqat bilan tinglaydi, agar muhokama qilish zarur bo‘lsa, barcha fikr-mulohazalar
tinglab bo‘lingandan so‘ng muhokama qilinadi. Bu esa taʼlim oluvchilarning mustaqil
fikrlashiga va nutq madaniyatining rivojlanishiga yordam beradi.
← ← 1
← ← ← “Davra suhbati” metodi
chizmasi:
2
1) o‘quvchilar;
2) aylana (doira) stol.
← ←
← ← ←
108