Page 105 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 105

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi





























                                          Sovet tanklari Budapeshtda                                       METODIK QO‘LLANMA




                                           Qo‘shimcha maʼlumot
                  Sotsialistik  mamlakatlar  o‘rtasidagi  iqtisodiy  va  siyosiy  aloqalar  tobora
               murakkablashib  bordi.  1991-yil  yanvarda  O‘IYK  Xalqaro  iqtisodiy  hamkorlik
               tashkilotiga  aylantirildi.  Rubl  o‘zaro  savdo  aloqalarida  to‘lov  vositasi  bo‘lmay
               qoldi. 1991-yil iyunda bu tashkilot rasman o‘z faoliyatini yakunladi. Shu yil iyul
               oyida sotsialistik hamkorlikning yana bir tashkiloti – Varshava shartnomasi ham
               tarqalib ketdi.
                  Xullas, 40 yildan oshiq faoliyat yuritgan sotsialistik hamdo‘stlik barham topdi.
               Sharqiy  Yevropa  davlatlari  YIga  integratsiyalashib  ketdi.  Integratsiya  jarayoni
               har bir davlat uchun turlicha kechdi. Integratsiya Polsha, Chexiya, Vengriya kabi
               davlatlar uchun nisbatan oson va muvaffaqiyatli kechgan bo‘lsa, Bolgariya, sobiq
               Yugoslaviya,  Ruminiya,  Albaniya  kabi  mamlakatlarda  bu  jarayon  ancha  og‘ir
               kechmoqda.


               III. Refleksiya bosqichi.
               6-topshiriq. Esse yozish. “SSSR va Sharqiy Yevropa mamlakatlari rivojlanishi ning
            asosiy yo‘nalishlari” mavzusida asoslangan esse yozish.
               7-topshiriq. Quyidagi jadvalda keltirilgan mavzuga oid atamalarga izoh bering.

                                                     3-jadval


              T/r                Atamalar                                    Izohi


               1   SSSR
               2   Sharqiy Yevropa

               3   Sovuq urush




                                                         105
   100   101   102   103   104   105   106   107   108   109   110