Page 102 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 102
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
Darsning maqsadi: SSSR va Sharqiy Yevropa mamlakatlari rivojlanishining asosiy
yo‘nalishlarini tushuntirib berish.
Darsda shakllantiriladigan tayanch bilimlar: SSSR va Sharqiy Yevropa
METODIK QO‘LLANMA METODIK QO‘LLANMA METODIK QO‘LLANMA mali vositalar yordamida mazkur mamlakatlar taraqqiyotidagi hal qiluvchi omillarni
mamlakatlari rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini ochib berish; aniq dalillar va ko‘rgaz-
ko‘rsatib berish.
Darsdan kutiladigan natijalar:
• o‘quvchi SSSR, Sharqiy Yevropa, rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari kabi
atamalarning mohiyatini tushunib oladi;
• SSSR va Sharqiy Yevropa mamlakatlari rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari haqi-
dagi tarixiy faktlarni bilib oladi;
• topshiriqlarni bajarish jarayonida SSSR va Sharqiy Yevropa mamlakatlari rivoj-
lanishining asosiy yo‘nalishlari bilan bog‘liq maʼlumotlardan foydalana oladi;
• SSSR va Sharqiy Yevropa mamlakatlari rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari, kelib
chiqish sabablarini tahlil qiladi;
• SSSR va Sharqiy Yevropa mamlakatlari rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari bilan
bog‘liq muhim ko‘rsatkichlarni umumlashtiradi;
• SSSR va Sharqiy Yevropa mamlakatlari rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari haqi-
dagi fikrga o‘zining mustaqil munosabatini bildiradi.
Darsning borishi:
I. Faollashtiruvchi bosqich.
1-topshiriq. O‘zlashtirilgan bilimlarni takrorlash. O‘qituvchi “Aqliy hujum” metodi
orqali o‘quvchilarning avval o‘zlashtiril gan bilimlarini mustahkamlaydi.
“Aqliy hujum” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. O‘quvchilarga “Ikkinchi jahon urushigacha bo‘lgan davrda SSSR va Sharqiy
Yevropa mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlari” mavzusi havola etiladi va
ulardan shu bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirishi so‘raladi.
2. O‘quvchilar mavzu bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi.
3. O‘quvchilarning fikr-g‘oyalari (rangli qog‘ozlarga yoki doskaga) to‘planadi.
4. Fikr-g‘oyalar maʼlum belgilar bo‘yicha guruhlanadi.
5. Yuqorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi.
“Aqliy hujum” metodining tuzilmasi:
Muammoli savol beriladi
Fikr va g‘oyalar eshitiladi va jamlab boriladi
Fikr va g‘oyalar guruhlanadi
Aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi
O‘qituvchi o‘quvchilarning fikrlarini umumlashtirib, yangi mavzuni e’lon qiladi.
II. Asosiy bosqich.
2-topshiriq. O‘qituvchi o‘quvchilarning diqqatini Ikkinchi jahon urushidan keyingi
vaziyat aks etgan quyidagi jadvalga qaratadi va ularni xulosa chiqarishga undaydi.
102