Page 99 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 99

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi
                                                    16-DARS

                                               NAZORAT ISHI

               1. Nechanchi yilda Oʻzaro Iqtisodiy Yordam Kengashi (OʻIYK) tuzilganligi eʼlon
            qilindi?
               A) 1949-yil         B) 1952-yil         C) 1946-yil          D) 1950-yil
               2. Berilgan javoblar ichidan harbiy-siyosiy tashkilot nomini toping.
               A) BMT              B) OʻIYK            C) NATO             D) MDH
               3. AQSH prezidentlaridan qaysi biri “Yangi marralar” deb nom olgan islohot-
            chilik dasturini ilgari surgan?                                                                METODIK QO‘LLANMA
               A) Duayt Eyzenhauer                                B) Jon Kennedi
               C) Lindon Jonson                                      D) Franklin Delano Ruzvelt

               4. 1973-yilgi Vyetnamdagi urush qanday natija bilan tugadi?
               A) Vyetnamning birlashishi bilan                B) AQSHning Vyetnamni egallashi bilan
               C) Vyetnamning parchalanishi bilan          D) to‘g‘ri javob yo‘q
               5. M. Tetcherning “tetcherizm” dasturining asosiy maqsadi nima edi?
               A) ishsizlikni tugatish                                 B) inflyatsiyaga qarshi kurashish
               C) yirik monopoliyalarni tugatish               D) tadbirkorlarga soliq imtiyozlari berish
               6. Fransiya tarixida nechanchi yilda birinchi marta sotsialistlardan prezident
            saylandi?
               A) 1958-yil         B) 1969-yil         C) 1981-yil          D) 1988-yil
               7. Germaniya birlashgan sotsialistik partiyasi qachon tashkil qilindi?
               A) 1949-yil         B) 1946-yil         C) 1951-yil          D) 1952-yil
               8. Kansler K. Adenauer 1955-yilgacha bir paytning oʻzida yana qaysi lavozim
            vazifasini bajargan?
               A) moliya vaziri                                          B) maorif vaziri
               C) tashqi ishlar vaziri                                 D) harbiy vazir
               9. Yevropa iqtisodiy hamjamiyatini (YIH) tuzish toʻgʻrisida Rim shartnomasi
            nechanchi yilda imzolangan?
               A) 1941-yil         B) 1957-yil         C) 1959-yil          D) 1961-yil
               10. Italiyada qaysi yillar mafiyaga qarshi kurash davri boʻldi?
               A) XX asrning 80–90-yillari                         B) XIX asrning 70–90-yillari
               C) XX asrning 20–30-yillari                         D) XX asrning 50–60-yillari

               11. Nechanchi yilda dunyoning rivojlangan davlatlari oʻrtasida Tariflar va sav-
            do boʻyicha bosh kelishuv (TSBK) imzolangan?
               A) 1947-yil         B) 1951-yil         C) 1945-yil          D) 1949-yil
               12. Tariflar va savdo boʻyicha bosh kelishuv (TSBK)ga Osiyo, Afrika va Lotin
            Amerikasining ko‘plab mamlakatlari qo‘shilishi natijasida nimaga aylantirildi?
               A) Yevropa iqtisodiy hamkorlik tashkiloti    B) Yevropa koʻmir va poʻlat birlashmasi
               C) Yevropa iqtisodiy hamjamiyati               D) Jahon savdo tashkiloti
               13. 1951-yili GFR, Fransiya, Italiya, Belgiya, Niderlandlar qirolligi, Lyuksem-
            burg ishtirokida qanday tashkilot tuzilgan?
               A) Yevropa iqtisodiy hamkorlik tashkiloti    B) Yevropa koʻmir va poʻlat birlashmasi
               C) Yevropa iqtisodiy hamjamiyati               D) Jahon savdo tashkiloti




                                                          99
   94   95   96   97   98   99   100   101   102   103   104