Page 95 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 95

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi

                  1-jadval             G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlari
                                              rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari



               G‘oyalar                             Amalga oshirilgan ishlar

                                1. Iqtisodiy sohadagi muvaffaqiyatlar farovonlik davlati institutlari va
                             mexanizmlarining uzil-kesil shakllanishi uchun sharoit yaratdi.
                                2.  Unda  markaziy  o‘rinni  aholining  kam  taʼminlangan  qismiga
                             ijtimoiy yordam ko‘rsatish dasturlari, yangi ish o‘rinlarini yaratish, taʼlim   METODIK QO‘LLANMA
                             va  sog‘liqni  saqlash  sohalarini  qo‘llab-quvvatlash,  pensiya  taʼminoti
               Umumiy        egalladi.
              farovonlik        3.  Davlat  barcha  ijtimoiy  qatlamlar  uchun  teng  imkoniyatlar
                jamiyati     yaratishning kafolatiga aylandi.
                                4. Davlat siyosati aholi keng qatlamlarining turmush darajasini yuqori
                             taʼminlangan qatlamning yashash darajasiga yetkazishga qaratildi.
                                5. Bu siyosatning maqsadi hayotning eng muhim sohalarida ijtimoiy
                             imtiyozlar  yaratish  orqali  jamiyatda  ijtimoiy  tengsizlikni  bartaraf
                             qilishdan iborat edi.
                                1. Atlantika okeanining ikki qirgʻogʻi – Gʻarbiy Yevropa va Shimoliy
                             Amerikada shakllangan sivilizatsiya XX asrda shu nomni oldi.
                                2.  Bu  sivilizatsiya  uchun  liberal-demokratik  qadriyatlar,  jadal  iqti-
                             sodiy rivojlanish va xalq farovonligini doimiy yuksaltirib borish kabi ji-
             Yevroatlantik  hatlar xosdir.
             sivilizatsiya      3. 1950-yillarda G‘arb davlatlaridagi iqtisodiy yuksalish tufayli Italiya,
                             Germaniya  Federativ  Respublikasi,  Shvetsiya  kabi  mamlakatlar  o‘z
                             “iqtisodiy mo‘jiza”sini namoyish qildi.
                                4. Ilmiy-texnik inqilob taʼsirida iqtisodiyotda ham jiddiy o‘zgarishlar
                             yuz berdi.

               3-topshiriq.  Xarita  bilan  ishlash.  O‘qituvchi  o‘quvchilardan  G‘arbiy  Yevropa  va
            Shimoliy Amerika mamlakatlari hududlarini xaritadan ko‘rsatishni so‘raydi.
               4-topshiriq. Mulohaza uchun savollar.
               1. Nima uchun G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlari tushunchasi pay-
            do bo‘ldi? Sabablarini izohlang.
               2. G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlari rivojlanishining asosiy yo‘na-
            lish lari nimalardan iborat?
               5-topshiriq. Dars mazmunining qisqacha tavsifi.
               1.  G‘arbiy  Yevropa  va  Shimoliy  Amerika  mamlakatlari  rivojlanishining  asosiy
            yo‘nalishlari, vujudga kelishi va o‘ziga xosliklari.
               2. Ikkinchi jahon urushining yakuni.
               3. G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlari rivojlanishining asosiy yo‘na-
            lishlari bilan bog‘liq muammolar.
               4. G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlarining ichki va tashqi siyosati.
               6-topshiriq. Jadval  bilan ishlash. O‘qituvchi quyidagi jadvalni sinf taxtasiga chizadi
            va o‘quvchilardan uni to‘ldirishni so‘raydi (jadval to‘ldirilmagan holda taqdim etiladi).




                                                          95
   90   91   92   93   94   95   96   97   98   99   100