Page 90 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 90
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
METODIK QO‘LLANMA METODIK QO‘LLANMA METODIK QO‘LLANMA
Atlantik xartiyaning imzolanishi
nutqiy faoliyatini o‘stirish hamda muloqot qilish madaniyatini shakllantirish.
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi: o‘qituvchi mashg‘ulot boshlanishi oldidan
o‘quvchilar uchun stullardan doira shaklida joy tayyorlaydi, doira shaklidagi joyning
o‘rtasiga savat (yoki tuvak)dagi guldastani qo‘yish maqsadga muvofiq. Joyning bunday
jihozlanishi mashg‘ulotning qiziqarli va jonli o‘tishiga yordam beradi. Imkon bo‘lsa,
bunday mashg‘ulot ochiq havoda, yaʼni tabiat qo‘ynida o‘tkazilsa, o‘quvchilar yashil
maysalar ustida doira shaklida bemalol joylashib olsalar ham bo‘ladi.
O‘qituvchi mashg‘ulot boshlanishi bilan o‘quvchilardan shu davradan joy egallashni
so‘raydi. So‘ng o‘quvchilarning faoliyati rang-barang va hamisha har turli qiziq voqealar,
hodisalar, vaziyatlarga boy ekanligi haqidagi qisqacha suhbat bilan mashg‘ulotni
boshlaydi. Misol tariqasida o‘qituvchi o‘quvchilar faoliyatida uchragan yoki uchraydigan
vaziyatlardan biri to‘g‘risida gapirib beradi va shu vaziyatdan chiqish yo‘lini so‘raydi yoki
o‘qituvchi vaziyatni aytib, uning uchta yechimini ham aytadi va o‘quvchilardan uchta
to‘g‘ri variantdan bittasini tanlashlarini va nima uchun shu variantni tanlaganliklarini
tushuntirib berishlarini so‘raydi. Shundan so‘ng o‘qituvchi o‘quvchilarni xohishlariga
ko‘ra uch kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi va ularga har bir kichik guruh aʼzolari
o‘z ish tajribalaridan kelib chiqqan holda o‘quv va tarbiyaviy jarayonlarda o‘qituvchi
va o‘quvchilar faoliyatida uchraydigan yoki uchragan biron-bir muammoli vaziyatlarni
eslashlari, ulardan eng qiziqarli, eng muammolisini tanlab, ularning yechimini (vaziyat,
muammoning yechimi uchta variantdan – test holida yoki aniq bir javobdan iborat
bo‘lishi mumkin) ham topib qo‘yish topshirig‘ini beradi.
III. Refleksiya bosqichi.
16-topshiriq. Esse yozish. “Ikkinchi jahon urushining sabablari va yakun lari”
mavzusida asoslangan esse yozish.
17-topshiriq. Quyidagi jadvalda keltirilgan mavzuga oid atamalarga izoh bering.
90