Page 85 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 85

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi
               4. Urushning yakuniy bosqichi.
               O‘qituvchi yangi mavzuni bayon qilish jarayonida savol-javob metodidan foydalangan
            holda XX asrning 30–40-yillarida xalqaro vaziyatning yomonlashuviga e’tiborni qaratadi.
               6-topshiriq. Jadval bilan ishlash.
               O‘qituvchi quyidagi jadvalni sinf taxtasiga chizadi va o‘quvchilardan uni to‘ldirishni
            so‘raydi (jadval to‘ldirilmagan holda taqdim etiladi).

                                                     2-jadval

                       Ikkinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari va oqibatlari                     METODIK QO‘LLANMA




                                                                Nyurnberg shahrida 1945-yil
                    Birinchi jahon urushida mag‘lub          noyabrdan 1946-yil oktyabrgacha
                   bo‘lgan davlatlarning revanshizm         fashist hokimiyati rahbarlari ustidan
                                siyosati.
                                                                  sud jarayoni boʻlib oʻtdi.



                           Adolf Gitler boshchiligidagi natsional-sotsialistik ishchi partiyasi
                  Germaniyaning Birinchi jahon urushidagi magʻlubiyati uchun oʻch olishni oʻz
                                 oldiga maqsad qilib qoʻygan urush partiyasi edi.


               7-topshiriq.  Jadval  bilan  ishlash.  Darslikdagi  o‘quv  materiallaridan  foydalanib
            o‘quvchilarga  savollar  beriladi.  Qo‘shimcha  topshiriq  sifatida  o‘quvchilarga
            1941–1945-yillardagi  urush  harakatlarini  jadval  tarzida  to‘ldirish  vazifasi  topshiriladi
            (jadval to‘ldirilmagan holda taqdim etiladi).
               8-topshiriq. Tarixiy rasm asosida fikr yuritish. 1933-yil yanvarda Germaniyada
            Adolf Gitler boshchiligidagi natsional-sotsialistik ishchi partiyasining hokimiyatga keli-
            shini tarixiy asoslang.





























                                  Adolf Gitlerning hokimiyat tepasiga kelishi






                                                          85
   80   81   82   83   84   85   86   87   88   89   90