Page 87 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 87

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi
               10-topshiriq. Jadval bilan ishlash.


                     4-jadval                 Ikkinchi jahon urushining yakunlari


                    Xronologiya                                    Yakunlar


                                          BMT Ustavi San Fransisko (AQSH) shahrida tasdiqlandi
                       1945-yil             va shu yil 24-oktyabrda kuchga kirdi. Bu sana har yili
                                               BMT kuni sifatida butun dunyoda nishonlanadi.               METODIK QO‘LLANMA

                                          Nyurnberg shahrida fashist hokimiyati rahbarlari ustidan
                                              sud jarayoni boʻlib oʻtdi. Fashistik Germaniyaning
                                           asosiy siyosiy va harbiy rahbarlaridan 24 nafari sudga
                1945-yil noyabrdan
              1946-yil oktyabrgacha        tortildi. Sud 12 kishini osib o‘ldirishga, 3 kishini umrbod
                                           qamoq jazosiga hukm qildi. Qolgan  jinoyatchilar uzoq
                                          muddatga ozodlikdan mahrum qilindi, 3 kishi esa aybsiz
                                                                  deb topildi.


                                          Yaponiya poytaxti Tokio shahrida yapon agressiyasidan
              1946-yil maydan 1948-          aziyat chekkan davlatlar vakillaridan tashkil topgan
                  yil noyabrgacha           Xalqaro harbiy tribunal urushda aybdor deb topilgan
                                             yapon harbiy jinoyatchilari ustidan hukm chiqardi.


               Urush yillari SSSR tarkibida bo‘lgan O‘zbekiston ham fashizmga qarshi kurashda
            faol ishtirok etdi. Harbiy xizmatga chaqirilganlarning bir qismi halok bo‘ldi, o‘n minglab
            kishilar bedarak yo‘qoldi, nogiron bo‘lib qaytdi. Urush yillari xalqimiz juda katta matonat
            namunasini ko‘rsatdi.
               Frontda qahramonlik ko‘rsatgan 280 nafar o‘zbekistonlik Sovet Ittifoqi Qahramoni
            unvoniga sazovar bo‘ldilar, o‘n minglab kishilar orden va medallar bilan mukofotlandi.
            Urush yillari front oldi hududlaridan 1 mln dan oshiq kishi O‘zbekistonga evakuatsiya
            qilindi, shundan 200 mingdan oshig‘i bolalar edi. Ular o‘zbek oilalarida boshpana va
            mehr topdi. Bundan tashqari, SSSRning frontga yaqin hududlaridan ko‘plab sanoat
            korxonalari  O‘zbekistonga  ko‘chirib  keltirildi.  Ular  front  uchun  harbiy  mahsulotlar
            yetkazib berdi.




                                           Qo‘shimcha maʼlumot

                   Xolokost.  1914–1918-yillardagi  Birinchi  jahon  urushidan  farqli  ravishda
               havodan qilingan bombardimonlar va “noraso” xalqlarni qirg‘in qilishlar natijasida
               halok bo‘lgan tinch aholi soni harbiy xizmatchilarnikidan kam emasdi. Fashistik
               rejimlar tomonidan 6 mln yahudiy o‘ldirildi, bu Yevropadagi yahudiylarning 60%
               dan  oshig‘i  edi. Yahudiylarni  tahqirlash  va  yo‘q  qilish  jarayoni  xolokost  degan
               nom oldi. Germaniya hududida majburiy ishlatish uchun 3 mln sovet kishilari olib
               ketildi, ulardan ko‘pchiligi ochlikdan va bombordimonlar paytida halok bo‘ldi.







                                                          87
   82   83   84   85   86   87   88   89   90   91   92