Page 41 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 41
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
7-topshiriq. O‘qituvchi Hindiston davlatiga to‘xtaladi. Mavzu darslikdagi materiallar
orqali yoritib beriladi.
Mavzu yakunida uchta davlat siyosati va madaniyati jadval orqali taqqoslanadi.
4-jadval
Davlatlar Ichki siyosati Tashqi siyosati Madaniyati
Yaponiya METODIK QO‘LLANMA
Xitoy
Hindiston
III. Refleksiya bosqichi.
8-topshiriq. “XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Yaponiya, Xitoy va Hindiston uchun
umumiy boʻlgan islohotlarning osiyocha yoʻli: kamchilik va yutuqlar” mavzusida
asoslangan esse yozish.
9-topshiriq. Blits-savollar. O‘tilgan mavzuning o‘quvchilar tomonidan o‘zlash-
tirilganini tekshirish maqsadida mavzu yuzasidan qisqa javobli savollar beriladi.
1. Qachon “Osiyo uyg‘onishi” davri bo‘ldi? XIX asr oxiri – XX asr boshlari.
2. Nechanchi yilda harbiy-feodal hukumat – Tokugava syogunligi agʻdarildi?
1868-yili.
3. Nechanchi yilda Yaponiyada syogunlik butunlay tugatildi? 1869-yilda.
4. Meydzi davri nechanchi yillarni oʻz ichiga oladi? 1868–1912-yillarni.
5. Xitoyda kim boshchiligida Sinxay inqilobi boshlangan? Sun Yatsen.
6. 1912-yili Sun Yatsen qaysi partiyaga asos solgan? Gomindan (“Milliy partiya”).
7. Hindiston milliy kongressi (HMK) qachon tashkil qilindi? 1885-yili.
Uy vazifasi
Mustaqil tarzda Rabindranat Thakur ijodi bilan tanishing.
Uning asarlarida qanday g‘oya va qarashlar ilgari
surilgan, hayotning qaysi jihatlari qamrab olingan?
Fikringizni esse tarzida yozing.
41