Page 43 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 43
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
Darsning maqsadi: Turkiya va Fors davlatlarining o‘ziga xos islohotchilik yo‘llarini
tushuntirib berish.
Darsda shakllantiriladigan tayanch bilimlar: mazkur davlatlarning siyosiy va
ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid maʼlumotlarni, tanlagan islohotchilik yo‘llarining ijobiy va
salbiy tomonlarini aniq dalillar va ko‘rgazmali vositalar yordamida bilib olish.
Darsdan kutiladigan natijalar:
• o‘quvchi konstitutsion monarxiya, “Midhat konstitutsiyasi”, “Yosh turklar”, konses-
siya kabi atamalarning mohiyatini bilib oladi;
• XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiya va Fors davlatlari tanlagan rivojlanish
yo‘llarini aniq dalillar orqali tushunadi; METODIK QO‘LLANMA
• topshiriqlarni bajarish jarayonida Turkiya va Fors davlatlariga oid maʼlumotlardan
foydalana oladi;
• Turkiya va Fors davlatlari tanlagan islohotchilik yo‘llarining mohiyatini anglaydi.
METODIK QO‘LLANMA
Darsning borishi:
I. Faollashtiruvchi bosqich.
1-topshiriq. O‘zlashtirilgan bilimlarni takrorlash. O‘qituvchi o‘quvchilarga avval
o‘zlashtirilgan bilimlari asosida “XIX asr birinchi yarmida Turkiya va Fors davlatlari”
mavzusida erkin yozish topshirig‘ini beradi.
“Rezyume” metodi
II. Asosiy bosqich.
2-topshiriq. O‘qituvchi “Rezyume” metodi asosida Turkiya va Fors davlatla rining
ushbu davrdagi islohotchilik yo‘llarini tanlashiga sabab bo‘lgan omillarni tahlil qiladi.
Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarni ularning soniga qarab 3–5 kishidan iborat kichik gu-
43