Page 47 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 47
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
Darsning maqsadi: Afrika mamlakatlarida mustamlakachilik va taraqqiyot
muammolari, ularning sabablari va oqibatlarini tushuntirib berish.
Darsda shakllantiriladigan tayanch bilimlar: qulchilik va savodsizlikning jamiyat
hayotiga salbiy taʼsiri haqidagi manzarani ochib berish; aniq dalillar va ko‘rgazmali
vositalar yordamida Afrika aholisining qulchilik asoratiga tushib qolishini ko‘rsatib
berish.
Darsdan kutiladigan natijalar:
• o‘quvchi rasizm, “Uchlar ittifoqi”, “Qora qit’a” kabi atamalarning mohiyatini tushunib
oladi;
• Afrika mamlakatlarining taraqqiyot muammolari haqidagi tarixiy faktlarni bilib oladi; METODIK QO‘LLANMA
• topshiriqni bajarish jarayonida Afrika mamlakatlaridagi mustamlakachilik bilan bog‘-
liq maʼlumotlardan foydalana oladi;
• Afrika mamlakatlari taraqqiyotining orqada qolish sabablarini tahlil qiladi;
• qulchilik va mustamlakachilik jamiyat taraqqiyoti uchun asosiy to‘siq ekanligiga
METODIK QO‘LLANMA
o‘zining mustaqil munosabatini bildiradi.
Darsning borishi:
I. Faollashtiruvchi bosqich.
1-topshiriq. O‘zlashtirilgan bilimlarni takrorlash. O‘quvchilarning avval
o‘zlashtirgan bilimlari asosida “Oʻrta asrlarda Afrika mamlakatlari rivojlanishining oʻziga
xos xususiyatlari” mavzusi bo‘yicha “Muloqot” texnologiyasidan foydalanib muhoka-
ma o‘tkaziladi.
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:
– o‘qituvchi mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarni muloqot, bahs-munozara
o‘tkazishga qo‘yilgan talablar, qoidalar bilan tanishtiradi, so‘ng ushbu darsning
bosqichma-bosqich o‘tkazilishini tushuntiradi;
– o‘qituvchi o‘quvchilarni mavzu yo‘nalishlari bo‘yicha guruhlarga ajratadi;
– har bir kichik guruh jamoasi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rishni boshlaydi:
boshqa kichik guruhlar bilan muloqotga kirisha olishi uchun o‘z yo‘nalishi bo‘yicha
turli materiallar, ko‘rgazmali qurollar, rivoyat, olim va mutafakkirlarning fikrlari kabilarni
tayyorlaydi;
– kichik guruhlar o‘rtasida asosiy mavzu va uning yo‘nalishlari bo‘yicha muloqot
boshlanadi;
– o‘qituvchi guruhlarning fikrlarini maqsadli yo‘naltirib boradi, kichik guruhlar tomo-
nidan asosiy mavzu yoritilgach, aytilgan fikrlarga o‘zining munosabatini bildirgan holda
muhokamani yakunlaydi.
II. Asosiy bosqich.
2-topshiriq. Dars mazmunining qisqacha tavsifi. O‘qituvchi yangi mavzuni bayon
qilish jarayonida savol-javob metodidan foydalanishi mumkin.
XIX asrning 70-yillarigacha davom etgan qul savdosining Afrika uchun eng ogʻir oqi-
bat lariga e’tiborni qaratadi. Qulchilikning eng gʻayriinsoniy koʻrinishi – rasizm (irqchilik)
mafkurasi shakllandi. Toʻrt asr davomida koʻpchilikning, avvalo yevropaliklarning
tasavvurida qul deganda afrikalik, yaʼni qora tanli odam aks etadigan bo‘lib qoldi.
3-topshiriq. Jadval bilan ishlash. O‘qituvchi quyidagi jadvalni sinf taxtasiga chizadi
va o‘quvchilardan uni to‘ldirishni so‘raydi.
47