Page 49 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 49

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi
            qabul qilganlaridan soʻng ularni bogʻlab turgan qabilaviy aloqalar susayib, yevropacha
            madaniyatga intilish kuchayib borardi. Ana shu yangi qatlam doirasida milliy intelligen-
            siya (ziyolilar) shakllanib bordi.
               III. Refleksiya bosqichi.
               7-topshiriq.  Esse yozish.  O‘qituvchi  o‘quvchilarga  Afrika  tarixida  oʻz  jasoratlari
            va uddaburonlik lari bilan mashur bo‘lgan Samori, Behanzin, Raboh, Muhammad ibn
            Abdulla kabi xalq rahnamolari faoliyatidan hozirgi voyaga yetgan avlod nimalar oʻrganishi
            mumkinligi haqida fikr yuritish hamda mazkur shaxslar faoliyatiga bagʻishlangan o‘quv
            loyihasi yaratish vazifasini topshiradi.
               8-topshiriq. Quyidagi jadvalda keltirilgan mavzuga oid atamalarga izoh bering.              METODIK QO‘LLANMA

                                                     4-jadval


              T/r           Atamalar                                     Izohi

               1   Bryussel konferensiyasi
               2   Rasizm

               3   Qul savdosi
               4   Mustamlaka

               5   Berlin konferensiyasi
               6   “Qora qitʼa”

               7   “Lagos observer”
               8   Iqtisodiy ekspansiya

               9   Ekspluatatsiya

               9-topshiriq.  Blits-savollar.  O‘tilgan  mavzuning  o‘quvchilar  tomonidan  o‘zlash-
            tirilganini tekshirish maqsadida mavzu yuzasidan qisqa javobli savollar beriladi.
               1. 1889–1890-yillardagi qaysi konferensiyada qul savdosi taqiqlandi va Afrikadan
            qullarni maxfiy olib ketishga qarshi kurash boshlandi? Bryussel konferensiyasi.
               2.  Atlantika  okeani  orqali  amalga  oshirilgan  qul  savdosi  jarayonlarida  taxminan
            qancha odam halok boʻldi? 60–70 million.
               3. Qaysi davlat Afrika qitʼasining katta qismini bosib olgan? Buyuk Britaniya.
               4. 1876-yilgacha Yevropa davlatlari Afrika qit’asining qancha foizini egallagan edi?
            10 foizi.
               5. Berlin konferensiyasi qaysi davlatlar tashabbusi bilan chaqirilgan? Germaniya
            va Fransiya.
               6. Berlin konferensiyasi nechanchi yillarda bo‘lib o‘tdi? 1884–1885-yillarda.


                                                          Uy vazifasi


                                            Afrika mamlakatlari uchun umumiy boʻlgan
                                      mustamlakachilik va taraqqiyot muammolarining o‘ziga
                                                      xos jihatlarini tahlil qilish.





                                                          49
   44   45   46   47   48   49   50   51   52   53   54