Page 52 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 52

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi
                     Darsning maqsadi: Birinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari va oqibatlarini,
                  harbiy harakatlarning strategiyasi hamda taktikasini tushuntirib berish.
               METODIK QO‘LLANMA  METODIK QO‘LLANMA  METODIK QO‘LLANMA   hal qiluvchi rol o‘ynashini ko‘rsatib berish; urush nizolarni hal qilishning asosiy vositasi
                     Darsda  shakllantiriladigan  tayanch  bilimlar:  urushning  ayanchli  manzarasini
                  ochib berish; aniq dalillar va ko‘rgazmali vositalar yordamida urushda harbiy texnika


                  bo‘la olmasligiga alohida e’tibor qaratish.
                     Darsdan kutiladigan natijalar:
                     •  o‘quvchi Bolqon urushlari, Uchlar ittifoqi, Antanta kabi atamalarning mohiyatini tu-
                  shu nib oladi;
                     • birinchi jahon urushi haqidagi tarixiy faktlarni bilib oladi;
                     • topshiriqlarni bajarish jarayonida Birinchi jahon urushi bilan bog‘liq maʼlumotlardan
                  foydalana oladi;
                     • Birinchi jahon urushining kelib chiqish sabablarini tahlil qiladi;
                     • urush bilan bog‘liq muhim ko‘rsatkichlarni umumlashtiradi;
                     • urush orqali nizolarni bartaraf etib bo‘lmasligi haqidagi g‘oyaga o‘zining mustaqil
                  mu nosabatini bildiradi.
                     Darsning borishi:
                     I. Faollashtiruvchi bosqich.
                     1-topshiriq. O‘zlashtirilgan bilimlarni takrorlash. O‘qituvchi o‘quvchilarga avval
                  o‘zlashtirilgan bilimlari asosida “Birinchi jahon urushi arafasida dunyo” mavzusida erkin
                  yozish topshirig‘ini beradi.
                     II. Asosiy bosqich.
                     2-topshiriq.  Jadval  bilan  ishlash.  O‘qituvchi  o‘quvchilarning  diqqatini  Bolqon
                  urushlari bilan bog‘liq quyidagi jadvalga qaratadi va ularni xulosa chiqarishga undaydi.


                             1-jadval                          Bolqon urushlari


                                                Harbiy
                    Bolqon urushlari                                      Yakuni va oqibatlari
                                              harakatlar




                      Birinchi Bolqon      1912-yil oktyabr     Serbiya kuchayadi, Turkiya va Avstriya-
                           urushi                                         Vengriya zaiflashadi.







                                                                Bolgariya urushda yutqazadi va Turkiya
                      Ikkinchi Bolqon
                           urushi            1913-yil iyun       bilan sulh tuzadi. Rossiya Bolgariyani
                                                                           qo‘llab-quvvatlaydi.




                     3-topshiriq.  Xarita  bilan  ishlash.  O‘qituvchi  o‘quvchilardan  Buxarest  tinchlik
                  shartnomasi asosida urushda ishtirok etgan davlatlar o‘rtasida taqsimlangan hududlarni
                  xaritadan ko‘rsatishni so‘raydi.





                                                             52
   47   48   49   50   51   52   53   54   55   56   57