Page 56 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 56

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi
                     7-topshiriq.  Axborot  manbalari  bilan  ishlash.  “Birinchi  jahon
                  urushi  xaritada”  nomli  videorolik  namoyish  qilinadi.  Ko‘proq  muhim
               METODIK QO‘LLANMA  METODIK QO‘LLANMA   mavzu yuzasidan yakuniy xulosalar chiqariladi.
                  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  voqealarni  o‘quvchilar  daftarlariga  yozib
                  borishadi, tomosha qilinganlari bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi va birgalikda



                     III. Refleksiya bosqichi.
                     8-topshiriq. Esse yozish. “Birinchi jahon urushida ishtirok etgan davlatlarning ichki
                  va tashqi siyosati” mavzusida asoslangan esse yozish.
                     9-topshiriq. Quyidagi jadvalda keltirilgan mavzuga oid atamalarga izoh bering.

                                                          7-jadval



                    T/r           Atamalar                                     Izohi

                    1    Birinchi jahon urushi

                    2    Uchlar ittifoqi
                    3    Antanta
                         “Mlada Bosna” (“Yosh
                    4
                         Bosniya”)
                    5    Safarbarlik

                    6    Ultimatum

                    7    “Verden qirg‘ini”
                    8    Delegatsiya


                     10-topshiriq.    Blits-savollar.  O‘tilgan  mavzuning  o‘quvchilar  tomonidan  o‘zlash-
                  tirilganini tekshirish maqsadida mavzu yuzasidan qisqa javobli savollar beriladi.
                     1. 1882-yili qaysi davlatlar Uchlar ittifoqi harbiy-siyosiy blokini tashkil qildi?  Germa-
                  ni ya, Avstriya-Vengriya va Italiya.
                     2. 1904–1907-yillari Germaniya blokiga qarshi Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossi-
                  ya oʻrtasida harbiy-siyosiy blok shakllandi va u qaysi nom bilan tarixga kirdi? Antanta.
                     3. Birinchi jahon urushi nechta harbiy-siyosiy ittifoqlar oʻrtasida boʻldi? Ikkita.
                     4. 1914-yil 28-iyunda kimning o‘limi Birinchi jahon urushining boshlanishiga bahona
                  bo‘ldi? Frans Ferdinand.
                     5. Qachon Yaponiya Germaniyaga urush eʼlon qildi? 1914-yil avgustda.
                     6. Qachon Germaniya delegatsiyasi Antanta davlatlari tomonidan qoʻyilgan shartlar-
                  ni imzoladi va urush yakunlanganligi eʼlon qilindi? 1918-yil 11-noyabrda.



                                                               Uy vazifasi


                                          Dunyo hamjamiyati uchun urushlarning, xususan, Birinchi
                                           jahon urushining salbiy oqibatlarini oʻzida aks ettiruvchi
                                                             videorolik tayyorlang.





                                                             56
   51   52   53   54   55   56   57   58   59   60   61