Page 53 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 53
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
Tarixiy hujjat
Buxarest tinchlik shartnomasi 1913-yilda tuzilib,
Bolqon urushlariga yakun yasagan. Unga ko‘ra,
Bolgariya Ruminiyaga Janubiy Dobrujani, Gretsiyaga
Makedoniyaning janubiy qismini va G‘arbiy Frakiyaning
bir qismini, Serbiyaga Makedoniya shimoliy qismining deyarli hammasini
berishga, Turkiyaga Adrianopol (Edirne)ni qaytarishga majbur bo‘ldi. METODIK QO‘LLANMA
4-topshiriq. Mulohaza uchun savollar. O‘qituvchi o‘quvchilarga quyidagi savollarni
berib, ularni mulohaza yuritishga chorlaydi.
1. Nima uchun Bolqon urushlari Yevropa uchun xatarli tus oldi? Sabablarini izohlang.
2. Bolqonni Birinchi jahon urushi boshlanishining sabablaridan biri deyish mumkinmi?
5-topshiriq. Dars mazmunining qisqacha tavsifi.
1. Uchlar ittifoqi va Antantaning vujudga kelishi.
2. Birinchi jahon urushining boshlanishi.
3. 1916–1918-yillardagi urush harakatlari.
4. Urushning yakuniy bosqichi.
XIX asrning 80–90-yillarida xalqaro vaziyatning yomonlashuvi ikkita ittifoqning
paydo bo‘lishiga olib keldi. Uchlar ittifoqi 1882-yilda Fransiyaga qarshi qaratilgan
bo‘lsa, 1916-yilda Angliyani yakkalab qo‘yishga harakat qilgan.
6-topshiriq. Jadval bilan ishlash. O‘qituvchi quyidagi jadvalni sinf taxtasiga chizadi
va o‘quvchilardan uni to‘ldirishni so‘raydi (jadval to‘ldirilmagan holda taqdim etiladi).
2-jadval
XX asrning boshlarida xalqaro vaziyatning o‘zgarishi
Germaniyaning Bolqon masalalariga
1891–1892-yillarda Rossiyaning aralashuvi va Avstriya-Vengriya
harbiy-siyosiy blokka kirishi
bilan yaqinlashishi
Rossiyaning Avstriya-Vengriya va Germaniyadan uzoqlashishi va Fransiya
bilan yaqinlashishi
53