Page 58 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 58

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi
                     Darsning maqsadi: liberal-demokratik mamlakatlar taraqqiyoti bilan bog‘liq yangi
                  muammolarning kelib chiqish sabablari va oqibatlarini tushuntirib berish.
               METODIK QO‘LLANMA  METODIK QO‘LLANMA  METODIK QO‘LLANMA   liberal-demokratik mamlakatlar taraqqiyotidagi hal qiluvchi omillarni ko‘rsatib berish.
                     Darsda  shakllantiriladigan  tayanch  bilimlar:  liberal-demokratik  mamlakatlar
                  taraqqiyoti manzarasini ochib berish; aniq dalillar va ko‘rgazmali vositalar yordamida


                     Darsdan kutiladigan natijalar:
                     •  o‘quvchi  liberal-demokratik,  liberal,  demokratiya,  totalitarizm  kabi  atamalarning
                  mohiyatini tushunib oladi;
                     •  liberal-demokratik  mamlakatlarda  taraqqiyotning  yangi  muammolari  haqidagi
                  tarixiy faktlarni bilib oladi;
                     • topshiriqlarni bajarish jarayonida liberal-demokratik mamlakatlarda taraqqiyotning
                  yangi muammolari bilan bog‘liq maʼlumotlardan foydalana oladi;
                     • liberal-demokratik mamlakatlar taraqqiyotida yangi muammolarning  kelib chiqish
                  sabablarini tahlil qiladi;
                     •  liberal-demokratik  mamlakatlar  taraqqiyotining  yangi  muammolari  bilan  bog‘liq
                  muhim ko‘rsatkichlarni umumlashtiradi;
                     •  liberal-demokratik  mamlakatlarda  taraqqiyotning  yangi  muammolari  haqidagi
                  masalaga o‘zining mustaqil munosabatini bildiradi.
                     Darsning borishi:
                     I. Faollashtiruvchi bosqich.
                     1-topshiriq. O‘zlashtirilgan bilimlarni takrorlash. O‘qituvchi o‘quvchilarga avval
                  o‘zlashtirilgan  bilimlari  asosida  “Liberal-demokratik  mamlakatlarda  taraqqiyotning
                  yangi muammolari” mavzusida erkin yozish topshirig‘ini beradi.
                     II. Asosiy bosqich.
                     2-topshiriq. O‘qituvchi o‘quvchilarning diqqatini liberal-demokratik mamlakatlarda
                  taraqqiyotning yangi muammolari haqidagi quyidagi jadvalga qaratadi va ularni xulosa
                  chiqarishga undaydi.


                           1-jadval                   Liberal-demokratik mamlakatlar



                     Davlatlar                   Ichki vaziyat                       Tashqi siyosat





                                   1. 1929-yil 24-oktyabrda Nyu York fond
                                   birjasida  boshlangan  inqiroz  tufayli     1. Izolyatsionizm.
                                                                               2. Internatsionalizm.
                                   barqaror rivojlanish davri tugadi.
                       AQSH        2. 1929–1932-yillari sanoat ishlab chiqa-   3. 1933-yili SSSR bilan dip -
                                   rish hajmi 50% ga qisqardi, 13 millionga    lomatik  munosabatlar  oʻr-
                                                                               natdi.
                                   yaqin  kishi  oʻz  ish  joylaridan  mahrum
                                   boʻldi.









                                                             58
   53   54   55   56   57   58   59   60   61   62   63