Page 5 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 5
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
Maktabda o‘qitish metodikasi o‘zgarmasa,
taʼlim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham o‘zgarmaydi.
Shavkat Mirziyoyev
SO‘ZBOSHI
Tarix taʼlimining maqsadi o‘quvchilarda tarixiy tafakkurni shakllantirish orqali tarixiy
jarayonga yaxlit hodisa sifatida qarab (o‘tmish – bugun – kelajak), ularda tarixiy bilimlar
vositasida ijodiy yondashuv malakalarini hosil qilishdir. O‘quvchilar ongiga insoniyat
hayotining eng qadimgi davrlaridan hozirgi vaqtga qadar bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy, METODIK QO‘LLANMA
siyosiy va madaniy rivojlanish bosqichlari to‘g‘risidagi bilimlarni singdirish; o‘quvchilarni
tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali o‘zligini anglash, shaxs sifatida kamol
topishlariga yordam berish, ularni milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash;
tarix o‘z millati va o‘zga millatlarning rivojlanish qonuniyatlarini izchil o‘rganish vositasi
ekanligini anglatish ham tarix fanini o‘qitishning maqsadlari sirasiga kiradi.
Mazkur qo‘llanma umumiy o‘rta taʼlim maktablari o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan
bo‘lib, Milliy o‘quv dasturini zamonaviy yondashuvlar asosida joriy etish, jahon tarixini
ilg‘or xorijiy tajribalar, kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘qitish maqsadini o‘zida
aks ettirgan. Shuningdek, qo‘llanmada o‘qitish jarayoniga taʼlimning innovatsion shakl
va metodlarini tatbiq etish, o‘qitish sifatini oshirish uchun o‘quvchilarning bilish faolligini
oshirish, amaliy-ijodiy faoliyat tajribasini shakllantirish kabi muhim pedagogik vazifalarni
hal etish maqsadida dars ishlanmalari taqdim etilgan.
Ushbu o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmada o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalari,
yaʼni bilim olish ehtiyoji, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan maʼnaviy-
axloqiy fazilatlar, tanqidiy va ijodiy fikrlash, hayotiy vaziyatlarga ongli munosabatda
bo‘lishga o‘rgatish imkonini beruvchi interfaol texnologiya va metodlardan foydalanish
yo‘llari ko‘rsatib berilgan.
Shuni alohida taʼkidlash joizki, har qanday pedagogik texnologiya va metodlarning
natijaviyligi uni qo‘llayotgan o‘qituvchining ijodiy va kasbiy mahoratiga bog‘liqdir.
O‘qituvchining kasbiy mahorati o‘quvchilarning individual xususiyatlari va qiziqishlari,
taʼlim muhiti hamda mavjud imkoniyatlarni inobatga olgan holda to‘g‘ri yondashilgan,
tanlangan va qo‘llanganda ko‘zlangan pedagogik maqsadga erishish imkonini beradi.
Ana shu sababli qo‘llanmadagi dars ishlanmalaridan o‘qituvchilar ijodiy yondashgan
holda hamda tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarni hisobga olib foydalanishi maqsadga
muvofiq. Mazkur jihatni inobatga olib, qo‘llanmadagi dars ishlanmalari aralash taʼlim
sharoitida foydalanish maqsadini ko‘zda tutib loyihalangan.
O‘qituvchining darslikdagi matn bilan cheklanib qolmasligi, mavzularni qiziqarli va
oson tushuntirib berishi uchun qo‘shimcha materiallar, chizma va jadvallar ham ishlab
chiqilgan. Berilgan chizma va jadvallar taqdimot tarzida yoki doskaga chizilgan holda
bajariladi.
5