Page 7 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 7
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
va konstitutsiya uchun harakat; “yangi usmoniylar”; “yosh turklar” inqilobi;
• Eronning yarim mustamlakaga aylantirilishi; 1905–1911-yillardagi konstitutsion
inqilob;
• Islom sivilizatsiyasi mamlakatlarida iqtisodiy va madaniy rivojlanish.
8. Afrika mamlakatlarida mustamlakachilik va taraqqiyot muammolari:
• qullik, qul savdosi va uning oqibatlari; Berlin konferensiyasi va Afrika xalqlarining
unga munosabati; iqtisodiy zulm va mustamlakachilikka qarshi kurash; milliy-ozodlik
mafkurasining shakllanishi.
Nazorat ishi.
II BOB. JAHON URUSHLARI ORALIG‘IDA SIVILIZATSIYA RIVOJINING IKKI METODIK QO‘LLANMA
YO‘NALISHI: LIBERAL DEMOKRATIYA HAMDA
TOTALITAR-AVTORITAR DIKTATURA
(7+*4 soat)
9. Birinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari va oqibatlari:
• XX asr boshlarida jahon taraqqiyotidagi ziddiyatlarning keskinlashuvi; birinchi jahon
urushining boshlanishi, xarakteri va ishtirokchi davlatlarning maqsadlari; urushning
bosqichlari, oqibatlari va muhim ko‘rsatkichlari.
10. Liberal-demokratik mamlakatlarda taraqqiyotning yangi muammolari:
• liberal demokratiya evolyutsiyasi; liberal-demokratik davlatlar; F. Ruzveltning
“Yangi siyosat”i va uning natijalari; Buyuk Britaniyada leyboristlar hukumati va
rivojlanish muammolari; Fransiyada hukumat almashinuvlari; xalq fronti va fashizmga
munosabat.
11. Totalitar va avtoritar diktatura mamlakatlari: yangi urush o‘chog‘ining
paydo bo‘lishi:
• totalitarizm – XX asr fenomeni; bolshevizm va sovet totalitar tuzumining o‘ziga
xos jihatlari; italyan va nemis fashizmi, fashistlarning hokimiyatga kelishi; Yaponiya
militarizmi; totalitar davlatlarda iqtisod, siyosat va mafkura; yangi urush sari qadamlar.
12. Osiyo mamlakatlarida mustaqillik va taraqqiyot muammolari:
• Birinchi jahon urushidan keyin Osiyo mamlakatlaridagi siyosiy holat; Usmoniylar
imperiyasida urushdagi mag‘lubiyat oqibatlari; M. K. Otaturk, Turkiya respublikasining
tashkil topishi, islohotlar;
• Xitoyda ichki siyosiy vaziyatning keskinlashuvi, fuqarolar urushi; mamlakatni
birlashtirishning yakunlanishi; Yaponiya agressiyasi;
• “Hindistonni boshqarish to‘g‘risida” qonun; M. Gandi siyosiy faoliyati; Hindiston
Milliy kongressi; 1935-yilgi konstitutsiya.
13. Afrikada milliy uyg‘onish va mustaqillik g‘oyalarining paydo bo‘lishi:
• Birinchi jahon urushidan keyin Afrikada mustamlakachilik; mandat tizimi; milliy-
ozodlik harakatlari; Janubiy Afrika ittifoqi va irqchilik rejimining qaror topishi; Afrika
Milliy Kongressi.
14. Ikkinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari va oqibatlari:
• Ikkinchi jahon urushidan oldin xalqaro munosabatlar; Germaniya-Italiya-Yaponiya
tajovuzkor blokining tashkil topishi; Myunxen kelishuvi; urushning boshlanishi,
Yevropadagi harbiy harakatlar; Germaniyaning SSSRga bostirib kirishi; SSSR va G‘arb
davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar; Germaniya va Yaponiyaning tor-mor qilinishi; urush
natijalari.
Nazorat ishi.
7