Page 27 - 8-sinf Jahon tarixi metodikasi
P. 27

@edurtm_uz
                                                                                      METODIK TAVSIYA



                               XIII–XVI ASRLARDA XITOY VA HINDISTON


            Mo‘g‘ullar  tomonidan  Xitoyni  istilo  qilinishi.  Dastlab Xitoyning shimoli-
          da tuzilgan mo‘g‘ullar davlati Xubilay xonligi davrida o‘z ta’sirini mamlakatning
          markaziy va janubiy hududlariga ham o‘tkazadi. Xitoy 1279-yili to‘liq bo‘ysundi-
          rilib, yangi mo‘g‘ullar sulolasi Yuan (1279–1368) nomini oladi. Mo‘g‘ullar Xitoydagi
          yerlarni unda yashaydigan dehqonlari bilan birga bo‘lib olishadi. Ammo dehqon-
          chilikda xo‘jalik yuritish usullari va soliqlar avvalgicha qoladi. Mo‘g‘ullar davrida

          to‘lovlarning oshib borishi faqat dehqonlar va hunarmandlarnigina emas, hatto
          savdogar larni ham xonavayron qiladi. Hukumat to‘xtovsiz o‘sib borayotgan xara-
          jatlarni qoplash uchun qo‘shimcha qog‘oz pul chiqara boshlaydi. Bu esa pulning
          qadrsiz lanishiga, mahsulot va hunarmandchilik buyumlarining qimmatlashishiga
          sabab bo‘ladi.
            Xubilay  mamlakatni  boshqarishning  xitoycha usulini  qo‘llasa-da,  mahalliy
          amaldorlar xizmatidan voz kechadi. Davlat amaldorlari orasida turli xalq vakillari-
          ni uchratish mumkin edi. Xususan, venetsiyalik sayyoh va savdogar Marko Polo
          Xubilayxon saroyida yuksak lavozimni egallagan.
            Min sulolasi boshqaruvi. Mo‘g‘ullar imperiyasining inqirozi boshlanishi bilan
          XIV asrning o‘rtalaridan Xitoyda ham xalq ozodlik harakati kuchayadi. Xenan va

          Shandun viloyatlarida 1351-yilda boshlangan dehqonlar qo‘zg‘oloni tez orada bu-
          tun mamlakatni qamrab oladi. Qo‘zg‘olonga rohib Chju Yuan Chjan boshchilik
          qiladi. 1368-yilda mo‘g‘ullardan ozod bo‘lgan Xitoyda Yuan Chjan asos solgan
          Min imperiyasi faoliyati boshlanadi.


            1368-yilda Xitoyda Yuan Chjan asos solgan Min imperiyasi tashkil topadi.





































                                                                                                           25
                                                                                                          25 25
   22   23   24   25   26   27   28   29   30   31   32