Page 15 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 15
1.Talabalar ishni bajarish davomida magmatik tog‘ jinslarining kolleksiyasi
bilan tanishib, ularning tuzilishi, xossalarini, asosiy belgilarini va xalq xo‘jaligidagi
o‘rnini o‘rganiladi.
1. Umumiy ma’lumotlar.
Magmatik jinslar. Magma deb ataladigan va er qaridan ko‘taralib chiqqan
suyuq silikatlarning qotish protsessida yuqori temperatura va kuchli bosim
sharoitida xosil bo‘ladi.
2. Magmatik tog‘ jinslari asosan ikkita katta gruppaga bo‘linadi: a). Yer
po‘stining chuqur joylarida qotib qolgan magma mahsulotlar chuqurdagi, yoki
intruziv. b). Yer yuzasiga otilib chiqib qotib qolgan mahsulotlarni esa effuziv jinslar
deyiladi. Magmatik tog‘ jinslari kimyoviy xarakteristikasi, ularning qanday
sharoitda xosil bo‘lganidan qat’iy nazar, magma quyidagi oksidlarning necha
protsent borligiga bog‘liq: SiO 2; TiO 2; Fe 2O 3; FeO; CaO; MgO; Na 2O; K 2O va H 2O
Magmatik tog‘ jinslari SiO 2 bilan nechog‘lik to‘yinganiga qarab quyidagi
gruppalarga bo‘linadi.
1. Nordon jinslar - SiO 2 64 - 78%
2. O‘rta jinslar - SiO 2 52 - 64%
3. Asosiy jinslar - SiO 2 40 - 52%
4. Ultra - asosiy jinslar - SiO 2 - 40%
Ma’lumki, magma har hil chuqurliklarda turlicha kristallandi, chunki
magmaning kristallanishi, bosimga, temperaturaga va mineralizatorlarga bogliqdir.
Bosim qancha ko‘p bo‘lsa, magma qancha sekin sovusa, mineralizatorlar qancha
ko‘p bo‘lsa, magma shuncha to‘la kristallanadi, chunki shunday sharoit bu
murakkab protsess uchun normal vaqt va normal muhit tug‘diradi. Normal
sharoitlarda turli minerallarning nuqul yaxshi o‘sgan kristallaridan iborat rosa
donador, yaxlit - kristallik jinslar hosil bo‘ladi. Aksincha, atrofdagi muhit
temperaturasining past bo‘lishi va magmaning tez sovushi, bosimning past tushib,
mineralizatorning magmadan chiqib ketishi kristallanish protsessining normal
ketishi uchun yo‘l qo‘ymaydi. Bunday xollarda vulkan lavalari shishalar hosil
bo‘ladi.