Page 16 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 16
Tog‘ jinslarining xossalari ularning ichki tuzilishi va yer pustida joylashishiga
bog‘liq. Shuning uchun xam ularning struktura va teksturasini bilish katta
ahamiyatga ega. Tog‘ jinslarining strukturasi deb ularning ichki tuzilishi, jins tashkil
etuvchi mineral zarralarining katta kichikligiga qarab, shakli, miqdori nisbati
vazarralarning bir-biri bilan o‘zaro aloqada bo‘lishiga aytiladi.
Magmatik jinslar kristallanganlik darajasiga qarab: 1. Donador (to‘liq
kristallangan)
2. Chala kristallangan
3. Shishasimon strukturalarga ajratilgan.
Mineral zarralarning katta - kichikligiga qarab quyidagi strukturalarga
bo‘linadi:
1. Juda yirik donador struktura kristal zarralarining diametri 10 mm dan ortiq;
2. Yirik donador struktura 5-10 mm;
3.O‘rtacha donador struktura 2-5 mm;
4. Mayda donador struktura 1 mm dan kichik.
Effuziv jinslar uchun porfir struktura xarakterdir. Bunday strukturada asos,
massa shishasimon bo‘ladi.
Tog‘ jinslarining teksturasi deb ularni tashkil etuvchi mineral zarralarning
jinsda fazoviy joylanishi va jinslarning yaxlitlik darajasiga aytiladi. Magmatik
jinslarda minerallarning joylanishiga ko‘ra quyidagilar teksturalar bo‘ladi:
1. Massiv tekstura-zarrachalari mineral tartibsiz zich joylashadi;
2. Yo‘l-yo‘l tekstura – turli tartibli va strukturali qatlamlarni mavjudligi bilan
xarakterlanadi;
3. Shakli tekstura – jins g‘ovaklarini oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin.
Bulardan tashqari chiziqli, flyudal, sharsimon, taksit teksturalar xam bor.
Har bir jinsning tekstura va strukturasidan tashqari, rangini, uning rangi
nimadan paydo bo‘lganini va taxminan bo‘lsa ham nisbiy solishtirma og‘irligini
belgilash zarurdir.
Magmatik jinsning rangi uning mineralogik tarkibiga: jinsda ko‘pchilikni
tashkil qiluvchi mineral va siyrak tarqalgan, quyidagi ko‘pincha ikkilamchi tartibda
xosil bo‘lgan minerallar aralashmasiga bog‘liqdir. Jinsning solishtirma og‘irligini