Page 21 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 21
3- MASHG‘ULOT
CHO‘KINDI TOG‘ JINSLARINI TAVSIFLASH
Mazkur amaliyot ishida cho‘kindi tog‘ jinslari quyidagi genetik turlariga -
mexanik sementlangan, mexanik sementlanmagan, kimyoviy, organogen cho‘kindi
tog‘ jinslariga ajratilib o‘rganiladi.
Ishning maqsadi. Talaba ishni bajarish davomida cho‘kindi tog‘ jinslarini
klassifikatsiyasi bilan tanishadi. Tog‘ jinslariga qarab ularni strukturasini tuzilishini
va o‘lchamlarini aytib berish kerak.
Umumiy tushuncha. Cho‘kindi jinslar yer yuzasida va litosferaning eng
yuqori qobig‘ida yuzaga keladigan hilma-hil geologik jarayonlar natijasida hosil
bo‘ladi. Hosil bo‘lish sharoitiga qarab cho‘kindi jinslar dengiz, ko‘l, daryo, shamol,
muz yotqiziqlarga bo‘linadi. Cho‘kindi jinslarni tekshirishda xuddi otqindi
jinslardagidek, ularning strukturasi bilan teksturasi tafovut qilinadi, ayrim holda
jinsni tashkil qilgan zarrachalarning shakl va katta-kichikligi struktura hisoblansa,
o‘sha zarrachalarning joylashuvi tekstura xisoblanadi.
Strukturasi. Maydalanishdan (siniqlardan) hosil bo‘lgan jinslar
bo‘laklarining kattaligiga qarab quyidagi asosiy gruppalarga bo‘linadi:
1. Zarralarning diametri 2 mm dan katta bo‘lgan yirik bo‘lakli jinslar (psefit
jinslar);
2. Zarralari 0,1 mm gacha bo‘lgan qumli (psammit) jinslar;
3. Zarralari 0,1 dan 0,01 mm gacha bo‘lgan changsimon (alevrit) jinslar;
4. Zarralari 0,01 dan kichik bo‘lgan gil (pelit) jinslar.
Jins bo‘laklarining shakliga qarab:
1. Normal-cho‘kindi jinslar. Bunday jinslardagi bo‘laklar
(dumaloqlanmagan), burchakli dumaloq, (chala dumaloqlangan) va dumaloq silliq
(dumaloqlangan) bo‘lishi mumkin.
2. Tufogen jinslarga bo‘linadi (bunday jinslarda xamma bo‘laklar juda
burchakli bo‘ladi).
Jinslar donachalarining kattaligiga qarab:
1. Yirik donali (donalari 0,5 mm dan katta);
2. O‘rta donali (0,5 mm dan 0,25 mm gacha);