Page 23 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 23
daryo xavzalarida va boshqa joylarda qatlam-qatlam shaklida uchraydi. Bunday
jinslar qurilish materiallari sifatida keng ko‘lamda ishlatiladi.
2. Kimyoviy cho‘kindi tog‘ jinslari. Kimyaviy tog‘ jinslari eritmalardagi
kimyaviy moddalarning cho‘kishidan xosil bo‘ladi. Bunday jarayon dengiz va okean
suvlarida, qurib borayotgan suv xavzalarida, sho‘r suvli buloqlarda kuzatiladi.
Kimyaviy tog‘ jinslariga oxaktosh, angidrit, gips, osh tuzi kiradi. Bunday jinslar
suvda erishi natijasida g‘ovaklar, bo‘shliqlar va darzlar hosil qiladi.
3. Organik tog‘ jinslari. Dengiz va okean tubida hayvon, o‘simlik hamda
xalok bo‘lgan organizmlar qoldig‘ining to‘planishidan organogen jinslar hosil
bo‘ladi. Organogen jinslar serg‘ovak bo‘lib, suvda eriydi, tashqi kuch ta’siridan
siqiladi. Bu gruppadagi jinslarga – toshko‘mir, qo‘ng‘ir ko‘mir, antrotsit, ozokerit,
yonuvchi slanetslar, torf, neft va boshqalar kiradi. Cho‘kindi jinslarni yozish tartibi.
1. Jinslarning kelib chiqishi.
2. Rangi, qavatliligi.
3. Teksturasi va strukturasi.
4. Organik qoldiqlar.
Kerakli jixozlar:
1. Tog‘ jinslari namunalari. 2. 10 % li xlorid kislota.3. Shisha bo‘lakchasi,
lupa. 4. Adabiyotlar. (mineral va tog‘ jinslarini aniqlash uchun)
Ishni bajarish tartibi.
1. Cho‘kindi tog‘ jinsini kolleksiyasi bilan tanishib uni nomi aniqlanadi.
Buning uchun fizik xossalariga, tashqi belgilariga ahamiyat berish kerak. 2. O‘quv
kitobi va konspektidan mineralning tuzilishi. ximyaviy tuzilishi va qurilishda
ishlatish xossalarini o‘rganish zarur. Xalq xo‘jaligida va asosan qurilishda
ishlatilishdagi o‘rnini tushintirib berish zarur.
I.1) Mexanik yo‘l bilan xosil bo‘lgan (sementlanmagan) cho‘kindi tog‘
jinslari: 1.1. xarsang tosh; 1.2. shag‘al (chaqiqtosh); 1.3. graviy (mayda shag‘al);
1.4. qumlar: a) yirik zarrali, b) o‘rta zarrali, v) mayda zarrali; 1.5. alevritlar; 1.6.
gillar.
II.2) Mexanik yo‘l bilan xosil bo‘lgan o‘zaro birikkan (sementlangan)
cho‘kindi tog‘ jinslari: 2.1. valunli konglomerat; 2.2. konglomeratlar; 2.3 yirik