Page 22 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 22
3. Mayda donali (0,25 mm dan 0,1 mm gacha);
4. Alevrit (0,01 mm dan mayda);
Teksturasi. Cho‘kindi tog‘ jinslarida zarralarning joylanish xarakteriga
qarab quyidagi teksturalar ajratiladi:
1. Tartibsiz tekstura, bu teksturada jinsni tashkil qiluvchi material tartibsiz,
aralashgan xolda joylashgan bo‘ladi.
2. Varaqsimon tekstura, bu teksturada har-hil kattalikdagi donachalar tez-tez
almashinib turganligidan jins yupqa-yupqa qobiqlarga ajraladi.
3. Cherepitsasimon struktura - varaqsimon tekstura bilan bir xildir.
4. Burmali yoki to‘lqinsimon tekstura, bu teksturada qatlamlar tekisligi
to‘lqinlarga o‘xshab buriladi va sekin asta yo‘qolib ketadi.
Sement. Sement tarkibiga ko‘ra juda har turli: gilli, qumli, oxakli, temirli,
kremniyli bo‘ladi va xokazo. Ko‘pchilik jinslarning nomi sementining tarkibiga
qarab qo‘yilgan (masalan, temirli qum toshlar). Cho‘kindi jinslarning zichligi
(qattiqligi) sementiga bog‘liqdir. Cho‘kindi tog‘ jinslari paydo bo‘lish sharoitlariga
qarab bir-biridan tubdan farq qilib, 3 ta asosiy gruppaga bo‘linadi:
1. Mexanik;
2. Kimyoviy;
3. Organik cho‘kindi tog‘ jinslar.
1. Mexanik cho‘kindi tog‘ jinslari. Mexanik cho‘kindi tog‘ jinslari
magmatik va metamorfik jinslarning nurashi natijasida o‘z joyida to‘planishi yoki
suv, muzlik va shamol tahsirida boshqa joylarga ko‘chirib yotqizilishidan hosil
bo‘ladi. Mexanik cho‘kindilar tarkibidagi qattiq zarrachalarning katta-kichikligi
hamda shakliga ko‘ra yirik qum, chang va gil zarralarga bo‘linadi. Ular oxak,
kremniy oksidi va gil singari moddalar bilan birikkan xolatida ham uchraydi. Dag‘al
bo‘laklar (tog‘ yon bag‘irlarida uchrasa, yassilari daryo) esa qirrali va yassi
shakllarga ega. Qirrali bo‘laklar tog‘ yon bag‘irlarida uchrasa, yassilari daryo
suvlarining o‘zi bilan oqizib ketib yotqizishidan xosil bo‘ladi. Yirik (dag‘al) donali
jinslarga har hil tog‘ jinslarining qirrali (gliba, sheben, dresva) va yassilangan
(xarsang tosh, shag‘al) bo‘laklari kiradi. Ular tog‘li rayonlarda, dengiz qirg‘oqlarida,