Page 25 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 25
III. Organik yo‘l bilan xosil bo‘lgan chtjlar:
III. 1 Karbonatlar – a) chag‘oniqli ohak toshlar; b) koralli ohak toshlar; v) bo‘r (mel);
g) diatomit; d) trepol; e) opoka; j) yashma.
III. 2 Uglerodli – a) torf; b) qung‘ir ko‘mir; v) tosh ko‘mir; g) antratsit.
III. 3 Bitumli – a) bitum; b) yonuvchi slanets; v) neft.
8-jadval
Organik yo‘l bilan xosil bo‘lgan chtjlar tavsiflash tartibi
Nomi Rang Hosil bo‘lish Strukturasi Mineral Ishlatilishi
sharoiti tarkibi
Chanoqli Oqim Dengiz Zich, mayda Asosan CaCO3 Qurilishda
ohaktosh kulrang sharoitida kristallangan Ba bezak ishlarida
chag‘anoqlar
Yashma Qizil yashil Dengizda Zich, qattiq SiO2 organizm Zargarlikda,
kristalli jinslar ammorf qoldiqlari qurilishda
va organizmlar pardozlash
qoldig‘I materiali
aralashmasi
Savollar:
1. Mexanik cho‘kindi, tog‘ jinslari deganda nimani tushunasiz?
2. Kimyoviy cho‘kindi, tog‘ jinslari deganda nimani tushunasiz?
3. Organik cho‘kindi tog‘ jinslari deganda nimani tushunasiz?
4. Mexanik yo‘l bilan xosil bo‘lgan cho‘kindi tog‘ jinslariga tavsif bering?
5. Kimyoviy yo‘l bilan xosil bo‘lgan cho‘kindi tog‘ jinslarga tavsif bering?
4-MASHG‘ULOT
METAMORFIK TOG‘ JINSLARI XARAKTERISTIKASI
Ishning maqsadi. Talabalar ish bajarish davomida metamorfik tog‘ jinslari
kolleksiyasi bilan tanishib, ularning tuzilishini, xossalarini, asosiy belgilarini va
xalq xo‘jaligidagi o‘rnini o‘rganiladi.
Umumiy ma’lumotlar.
Metamorfik tog‘ jinslari. Metamorfik tog‘ jinslari chuqur o‘zgarishga
uchragan birlamchi cho‘kindi yoki magmatik jinslardir. Ular atrofidagi fizik -
kimyoviy sharoitlar (moddaning temperaturasi, bosim va tarkibi yoki
konsentratsiyasi) o‘zgarishi munosabati bilan birlamchi jinslarning faqat mineral