Page 29 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 29
Savollar:
1. Metamorfizm deganda nimani tushunasiz?
2. Metamorfik jinslarga nimalar kiradi?
3. Muhim metamorfik tog‘ jinslari (MmTJ) asosiy xossalari ta’rif bering?
4. Tog‘ jinslarining nomi aytib bering?
5-MASHG‘ULOT
KRISTALLAR HAQIDA TUSHUNCHA. KRISTALLARNING
CHEKLOVCHI ELEMENTLARI. SINGONIYALAR.
Mashg‘ulotning maqsadi: Kristallar bo‘yicha umumiy tushuncha olish,
ularning tuzilishini, singoniyalarini o‘rganish.
Kerakli asbob uskunalar: Laboratoriya xonasidagi singoniya shakllardagi
kristall turlari, ko‘rgazmali materiallar, tarqatma uslubiy qo‘llanmalar.
Ishning mazmuni:
Barcha kristall moddalar, amorf moddalardan farqli o‘laroq, kristall panjaralar
- material nuqtalar (atomlar, molekulalar, ionlar va ularning guruhlari) fazoda aniq
geometrik qonuniy o‘rinni egallagan bir jinsli cheksiz vektorial qurilmalari bilan
ifodalangan qonuniy ichki tuzilishga ega. Material nuqtalarning joylashish o‘rni
kristall panjara tugunlari deyiladi. Bir to‘g‘ri chiziqda yotuvchi va davriy ravishda
teng oraliqlarda takrorlanuvchi tugunlar majmuasi qatorlarni tashkil etadi, bir
tekislikda yotuvchi qatorlar majmuasi esa kristall panjaraning yassi to‘rini hosil
qiladi.
Kristall panjaralar o‘zining strukturasi bo‘yicha juda xilma-xil bo‘lib, bu
ularning tarkibidagi material zarralar, ularning o‘lchamlari, bir-biri bilan aloqasi,
yaqin atrofi (koordinastiya) bilan bog‘liq.
Barcha kristall moddalar qonuniy ichki tuzilishi natijasi hisoblanuvchi bir
qator xossalarga ega. Ulardan biri - anizotroplik yoki turli yo‘nalishlarda bir xil
bo‘lmaslikdir (odatda har doim izotrop bo‘lgan amorf jismlardan farqli o‘laroq).
Ikkinchisi – bir jinsliligi - bir xil kristall moddalarning har qanday mayda zarralari
bir xil xossalarga (parallel yo‘nalishlar bo‘yicha) egaligi bilan ifodalanadi. Ammo
kristall moddalarning eng xarakterli xossasi bo‘lib ularning o‘z-o‘zidan tomonlar